Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-09-14 07:21:35
#prezident_maktablari

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "General va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi.

Kunning ikkinchi qismida, oʻquvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar, jangovar harbiy chiqishlar, oʻquv mashgʻulotlarida qoʻllaniluvchi usullar namoyish etildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirib, kelajakda vatan ravnaqiga xizmat qiluvchi shaxslar boʻlib ulgʻayishida beqiyos oʻrin egallaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.3K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-09-09 19:17:37
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
24.6K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2023-09-09 16:32:33
#Taqdirlash_marosimi

Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
24.7K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2023-09-09 16:03:26
#Taqdirlash_marosimi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:

oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tadbir davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
22.8K viewsedited  13:03
Ochish/sharhlash
2023-09-07 16:35:59
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals

Xabar berganimizdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi 8-sentabr kuniga qadar davom etadi.

Mazkur konferensiya doirasida bugun, 7-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ishtirokida “Kimyo sohasidagi innovatsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar Buyuk Britaniyaning University College London oliy o‘quv yurti kimyo fanlari doktori, professor Mark-Olivyer Koppens tomonidan o'tkazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.5K views13:35
Ochish/sharhlash
2023-09-07 14:55:41
#prezident_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga viloyat hokimi E.Soliyev hamda Xitoy Xalq Respublikasining taʼlim masalalari boʻyicha delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ular Prezident maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim tizimi hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.2K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash
2023-09-07 12:54:42
#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi.

Biologiya fani o'qituvchisi
Psixolog
Hamshira

Talablar:

Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:

Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy o‘sish;
Iqtidorli o‘quvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar;
Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Nomzodlarning arizalari joriy yilning 17-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: @ToshkentPM_bot
(Talabgorlar ma'lumotnomasida telefon nomeri va til bilish darajasi ko'rsatilgan bo'lishi shart.)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.5K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-09-07 10:48:25
#OAV_biz_haqimizda

Qashqadaryo axboroti | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars jarayonlari boshlandi
#qashqadaryo_tv

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views07:48
Ochish/sharhlash
2023-09-07 09:34:57
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab

Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktorining ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi tajribali pedagog Tolipova Jamila Olimjonovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin.

Turon Fanlar Akademiyasi akademigi Ilmiy unvoni sohibi;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Biologiya” darsliklari (7 tilda chop etilgan) muallifi;
Ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-9-sinflari uchun Biologiyadan chop etilayotgan darsliklarning fan mutaxassisi va muallifi;
110 dan ortiq ilmiy ishlari chop etgan bo'lib, 20 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 10 ta metodik qo‘llanma, 6 ta metodik tavsiyanoma, 70 dan ortiq ilmiy-metodik maqola, tezis va o‘quv dasturlari muallifi;
"Innovatsion g‘oyalar yetakchisi" ko‘krak nishoni sohibasi;
"Xalq ta’limi a’lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda. Jumladan:

2019-yildan buyon biologiya o‘qituvchilari uchun onlayn shaklda “Mahorat maktabi” tashkil etib, o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha video ma’ruzalar o‘tkazib kelmoqda;

2019-yildan buyon jami 7 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilib, 2 nafar pedagogika fanlari doktori (DSc), 5 nafar pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy-pedagogik kadr tayyorlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.3K views06:34
Ochish/sharhlash
2023-09-07 08:17:11
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | 2026-yilda O‘zbekiston xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi
#uzbekiston24

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

G‘olib o‘quvchilarimiz:
Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.7K views05:17
Ochish/sharhlash