Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-10-02 12:44:37
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor o‘z o‘qituvchisiga 2 xonali uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim.

Ustozlarni e’zozlash an’anaga aylanayotgani rost bo‘lsin!

O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik.
13.4K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-09-30 16:32:32
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Vazir Hilola Umarova: “Pedagoglarning kasbiy huquq va faoliyati davlatimiz himoyasida

Batafsil: O‘zA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.7K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-09-30 12:15:41
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdirlangan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 11 nafar ta’lim sohasi xodimlariga "Xalq ta’limi fidoyisi" hamda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vazir Hilola Umarova nomidan agentlik direktori Alisher Ubbiyev ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.6K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-09-30 11:17:53
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi, oliy toifali o'qituvchi, tajribali pedagog Ataniyazova Gulshat Seytniyazovnaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);
"Shuhrat" medali sohibi;
"Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko'krak nishoni sohibi;
"Yilning eng namunali chuqurlashtirilgan fan o'qituvchisi" nominatsiyasi sohibi;
Ona tilini bilish darajasi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy sertifikatiga ( 81,3 ball) ega;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflari uchun tayyorlangan "Adabiyot" (Qoraqalpoq adabiyoti) darsligining fikr bildiruvchisi;
12 ta ilmiy maqola va tezislar, 5 ta metodik qo'llanma, 1 ta oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanmasi, 12 ta akademik litseylar uchun, 3 ta kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi muallifi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.8K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2023-09-29 22:27:50
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'qituvchilari taqdirlandi

Jumladan:

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

• Sharipova Muborak Mirzajonovna
— Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati.

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

• Kilichov Kodir Bobakulovich
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

• Tleuova Dilbar AbduraxmanovnaMo‘ynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

"Shuhrat" medali bilan

• Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna
Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;

Nazirov Xolimboy NishonovichMirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

• Sultanova Odina GʻopurovnaBekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati;

Umarova Feruza AbidinovnaOlmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri;

Xudayorov Hamza MurtazovichGuliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati;

Xudoynazarov Ilyos AbdurasulovichToshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.

Ustozlarimizni mukofotlar bilan tabriklab, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.8K views19:27
Ochish/sharhlash
2023-09-29 20:55:10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.2K views17:55
Ochish/sharhlash
2023-09-29 18:43:29
#Prezident_tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi

Batafsil: O‘zA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.9K views15:43
Ochish/sharhlash
2023-09-29 17:48:59
#milliy_qadriyatlar

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT RUHIDA TARBIYALASH BORASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR

Tadbirlarda o‘quvchilarimiz milliy an’ana va urf-odatlarimiz, milliy qo‘shiq va o‘yinlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.6K views14:48
Ochish/sharhlash
2023-09-27 13:44:29
#zakovat

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Mazkur 42 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Ma'lumot uchun, turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.9K viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash
2023-09-27 08:41:41
#OAV_biz_haqimizda

Milliy ta’lim | Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodovning xalqaro natijalari va kelgusidagi rejalari haqida suhbat.
#madaniyat

Ma'lumot uchun, Sohibjon 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasi bronza medali, 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023) bronza medali, Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasi bronza medali, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bronza medali, Xalqaro Beruniy olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblanadi.

Shuningdek, u SAT xalqaro imtihonidan 1520 ballni, IELTS imtihonidan 8,5 ballni qo'lga kiritgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.5K views05:41
Ochish/sharhlash