Get Mystery Box with random crypto!

#xorijiy_hamkorlik Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekist | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xorijiy_hamkorlik

Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston“ universiteti vakillari Xitoy davlatida bo'lib o'tayotgan “Lazerli texnologiya va uni rivojlanayotgan davlatlar sanoatida joriy etish” mavzusida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Seminar davomida lazerli texnologiyalarning sanoatdagi ahamiyati, undan to‘g‘ri foydalanish va samarali jihatlari haqida amaliy misollar taqdim etildi. Shuningdek, seminarda har bir davlat vakillari o‘z yurtida lazerli moslamalardan foydalanish bo‘yicha taqdimot tayyorlab namoyish etdi.

Shuningdek, universitet vakillaridan tashkil topgan ikkinchi jamoa Xitoyning Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni namoyish etish maqsadidagi “Huawei connect 2023” tadbirida qatnashdi.

Tadbir davomida biznes modellar ko‘rgazmasi, sun'iy intellektdan foydalanish, ta'lim sohasida qo'llanadigan zamonaviy texnologiyalar hamda aloqa vositalaridagi yangiliklar muhokama etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube