Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-01-26 10:05:04
Ajoyib yangilik!

2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang
Hoziroq ro'yxatdan o'ting

Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

Batafsil maʼlumot bu yerda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views07:05
Ochish/sharhlash
2024-01-25 12:47:13
#ishga_taklif

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

Bosh hisobchi;
Media toʻgaragi rahbari;
EHM laboranti.

Bosh hisobchi lavozimi uchun talablar:
Oliy ma’lumotli;
Kamida 5 yillik ish tajribasi;
UzASBO dasturni mukammal bilishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik.

Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
prmnad@piima.uz
+998932006616

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.7K views09:47
Ochish/sharhlash
2024-01-24 16:24:18
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kibr xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.3K views13:24
Ochish/sharhlash
2024-01-22 17:07:46
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.

Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
20.8K views14:07
Ochish/sharhlash
2024-01-20 15:13:43
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 18-yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar e'lon qilingan.
 
Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 402 nafar o‘quvchiga 37 nafar o‘qituvchi, 8 nafar tarbiyachi ta’lim-tarbiya berib keladi. Maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar o‘quvchi joylashgan bo‘lib, shundan 32 nafarida 2024-yil 18-yanvar kuni soat 22:00-24:00 oralig‘ida sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi, oshqozonda va qorinda og‘riqlar kuzatildi.

Mazkur holat bo‘yicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatdi, qo'shimcha yordam uchun tez yordam xodimlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Ma’lumot o‘rnida maktab-internat oshxonasida autsorsing asosida “Azizbek Omad uchquni” MChJ faoliyat olib boradi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati to‘liq o‘rganilib, 18-yanvar kuni o‘quvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi.

Hozirda barcha o‘quvchilarning sog‘ligi yaxshi, dars jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda. Shuni alohida ta'kidlaymizki, vaziyat IIB, SES hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.7K viewsedited  12:13
Ochish/sharhlash
2024-01-20 12:17:09
OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

ESLAB QOLING!
Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.3K viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2024-01-17 10:11:01
#BSB_va_ChSB_nima

2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.3K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2024-01-12 15:55:22
#ishga_taklif

Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Fizika fani oʻqituvchisi
Laborant (Biologiya)
Laborant (Kimyo)
Kutubxonachi
Ish yurituvchi kotiba lavozimlari uchun tanlov eʼlon qiladi!

Talablar
:
Pedagogik yoʻnalishidagi diplom;
Pedagogika sohasidagi ish tajribasi;
Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati ustunlik beradi.

Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Zamonaviy bino va texnologiyalar;
Xalqaro konferensiya, treninglar va boshqa koʻplab imkoniyatlar.

Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoy MFY, Istiqlol koʻchasi 13-uy.

Talabgorlar quyidagi havola orqali joriy yilning 20-yanvar sanasiga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.3K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2024-01-06 16:47:06
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

Matematika va kimyo fanlaridan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Matematika fanidan olimpiada natijalari:

Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov 1-orin;
Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Komil Sodiqov 2-o‘rin;
Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov 3-orinni egalladi.

Kimyo fanidan olimpiada natijalari:

Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Norqulov 1-o‘rin;
Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Omadillo Zokirov 2-o‘rin;
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.4K views13:47
Ochish/sharhlash
2024-01-05 17:02:23
#jarayon

"Robo-Coding" va “Lider o‘qituvchilar” olimpiadalari bo‘lib o‘tdi.

Har ikkala olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari 6-yanvar kuni boʻladigan taqdirlash marosimida diplom, sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

#Robo_Coding #Lider_oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.4K views14:02
Ochish/sharhlash