Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-10-25 10:59:12
#SAT
#natijalar

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqda.

Jumladan:

Oʻgʻilxon Baxodirova – 1530 ball;
Oybek Axmedov – 1500 ball;
Sardor Noʻmonov – 1480 ball;
Sunnatillo Xoʻjayev – 1470 ball;
Muhammadqodir Rustamov – 1460 ball.

Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.3K viewsedited  07:59
Ochish/sharhlash
2023-10-21 18:34:18
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
14.8K views15:34
Ochish/sharhlash
2023-10-21 11:18:08
#ona_tilim_faxrim

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.4K views08:18
Ochish/sharhlash
2023-10-16 10:20:20
#zakovat

Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasidan intervyu

Barcha g'olib jamoalarimizga kelgusidagi ishlarida omad, bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.2K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-10-15 18:09:37
#zakovat
#tabriklaymiz

Xabar berganimizdek, Toshkent shahrida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalaridan kelgan 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashdi.

His-hayajonga boy boʼlgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar gʼolib boʼldi:

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Mazkur jamoalarning har bir aʼzosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovgʼa qilindi. Endilikda ushbu jamoa aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy toʼlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir oʼquv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi toʼlab boriladi:
1-oʼrin: BHMning 5 baravari;
2-oʼrin: BHMning 4 baravari;
3-oʼrin: BHMning 3 baravari.

Barcha g'olib jamoalarimizga kelgusidagi ishlarida omad, bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.6K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-10-15 16:41:37
#zakovat

Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan fotolavhalar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.2K views13:41
Ochish/sharhlash
2023-10-12 17:30:47
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_birinchi_bosqich

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi ehtiyoj mavjud boʻlgan fan oʻqituvchilarini saralab olish maqsadida oʻqituvchilar tanlovining birinchi bosqichi (saralash) joriy yilning 13-22-oktabr kunlari oʻtkaziladi.

Tanlovning 1-bosqichida hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 13-oktabr kuni soat 09:00dan boshlab 22-oktabr kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

Eslatma, hujjatlar job.piima.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Call-markaz: 71 207 20 17 (ichki raqam 609, 611, 606).

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
32.2K viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2023-10-12 16:18:38
#harbiy_vatanparvarlik

AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLARDA O‘QUVCHILARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH BORASIDA TADBIRLAR O'TKAZILMOQDA

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida qator tadbirlar bo'lib o'tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.8K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-10-09 15:44:06
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Umumta’lim maktablarida baholashning yangi tizimi tajribasi
#uzbekiston24

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasiga asoslangan baholash tizimi joriy etilmoqda.

01:22 – Iroda Soibova, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori o‘rinbosari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.3K views12:44
Ochish/sharhlash
2023-10-09 13:45:31
#Prezident_maktabi
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi

Yoshlar bilan ishlashda yangicha taʼlim uslublaridan foydalanish, har bir oʻquvchining qiziqish va istaklaridan kelib chiqib taʼlim jarayonlarida qoʻllanilishi muhim boʻlgan dasturlarni oʻrganish bugun zamon talabi hisoblanadi. Oʻqituvchi va tarbiyachilarning yoshlar psixologiyasidagi tutgan oʻrni esa beqiyos.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi. Unda interaktiv oʻyinlar va vazifalarni jamoaviy va yakka tartibda qoʻllash, yoshlar bilan ishlash jarayonlarida muhim boʻlgan jihatlar haqida soʻz yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.0K views10:45
Ochish/sharhlash