Get Mystery Box with random crypto!

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor #ijod_maktabi #ustozla | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, olima, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
2019-yilda oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi–2019” tanlovi gʻolibi;
2021-yilda “Shuhrat” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
2022-yilda “Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
6 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarga ega boʻlgan;
2 nafar oʻquvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashakkurnoma"sini qoʻlga kiritgan;
1 nafar oʻquvchisi "Shuhrat medali" bilan taqdirlangan;
2020-2021-yillarda oʻquvchisi Dilobar Mahmudova viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
2022-2023-yillarda viloyat fan olimpiadasida oʻquvchilari I, II oʻrinlarni egallashdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube