Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-09-22 14:58:21
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.5K views11:58
Ochish/sharhlash
2023-09-22 13:51:12
#seminar_trening
#baholash_tizimi

Sirdaryo viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog-xodimlari tomonidan biriktirilgan tajriba-sinov maktablarida prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribasini, jumladan baholash tizimini tatbiq etilishi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu maktablar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘iga muvofiq tanlab olingan.

Sirdaryo viloyatidagi 22 ta umumtaʼlim maktablari tajriba-sinov maktablari hisoblanadi.

Belgilangan 22 ta umumta'lim maktablarining 95 nafar o‘qituvchilari uchun Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fanlar kesimida ochiq darslar tashkil etilib, o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.0K views10:51
Ochish/sharhlash
2023-09-20 15:33:24
#prezident_maktablari
#faxr_tuygʻusi

FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK

Abbos Poʻlatov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.

"Kim oʻylabdi deysiz, oddiy oilaning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb. Haqiqat bor ekan, oʻqigan bola kirar ekan. Oʻqishga kirganini birinchi boʻlib ustozi bizga aytdi. Koʻzimga yosh keldi... "

Maʼlumot uchun, Abbosning otasi Yodgor Roʻziyev – maktabda qorovul boʻlib ishlaydi. Onasi Matluba Rahmatova – uy bekasi.

Iqtidorli oʻquvchimizga Olot tumanidagi 34-maktab boshlangʻich sinf rahbari Nilufar Xudoyqulova taʼlim bergan.

Qolaversa, Abbos Buxoro shahridagi Prezident maktabidan tashqari Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga 84.8 ball bilan 1-o'rinda kirgan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.3K viewsedited  12:33
Ochish/sharhlash
2023-09-20 14:34:55
#prezident_maktabi
#SAT
#IELTS

ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARGA ERISHMOQDALAR!

Jumladan,

IELTS xalqaro sertifikati bo‘yicha:

Shirina To‘rayeva – 8 ball
Azizbek G‘anijonov – 8 ball
Niginabonu Yusupova – 7,5 ball
Umidjon Hakimov – 7 ball
Anoraxon Yo‘ldasheva – 7 ball

SAT imtihonidan:

Azizbek Abdullajonov – 1490 ball
Izzatillo Ne’matjonov – 1460 ball

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.9K views11:34
Ochish/sharhlash
2023-09-20 10:45:53
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan o‘zbek tilida nutq so‘zladi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.2K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-09-20 09:49:34
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 18-19-sentabr kunlari IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan koʻzlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar haqida maʼlumot berishdan iborat.

Ta'kidlash lozim, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida shartnoma imzolangan.

Ushbu dastur o‘quvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. O‘quvchilar turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlashni o'rganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

IB (International Baccalaureate) - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.6K views06:49
Ochish/sharhlash
2023-09-20 06:46:05
19-sentabr kuni, Nyu-York: Markaziy Osiyo va AQSH yetakchilarining birinchi sammiti, BMTning yuksak minbaridan ilgari surilgan muhim tashabbuslar va samarali ikki tomonlama uchrashuvlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.3K viewsedited  03:46
Ochish/sharhlash
2023-09-19 19:22:58
#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tomonlar:

professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.6K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-09-19 12:49:09
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Ochilish marosimida ko'p yillar davomida o'quvchilarga ta'lim bergan faxriy ustoz O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G'offurov, Shahrixon tuman hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Shahrixon tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi mudiri ishtirok etdilar.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Andijon viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilindi.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabdagi 456 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish maqsadida 43 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.3K views09:49
Ochish/sharhlash
2023-09-16 12:59:02
Diqqat_tanlov!

Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

1-o'rin - monoblok
2-o'rin - kompyuter
3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
: da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
36.6K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash