Get Mystery Box with random crypto!

#BSB_va_ChSB_nima 2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Sha | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#BSB_va_ChSB_nima

2023-yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube