Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-11-06 18:38:07
#oʻquv_trening

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.0K views15:38
Ochish/sharhlash
2023-11-06 17:16:12
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.3K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2023-11-06 14:00:31
#oʻquv_trening

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.9K viewsedited  11:00
Ochish/sharhlash
2023-11-03 20:17:01
#Xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi Abu-Dabi shahriga borishgani haqida xabar bergan edik.

Abu-Dabidagi Amirlik Milliy maktablari rahbariyati va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrtasida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlar davomida bir qancha seminar-treninglar tashkil etildi. Jumladan, Agentlik tizimidagi maktablarning STEM fanlar oʻqituvchilari uchun zamonaviy metodika hisoblanadigan Loyihaga asoslangan taʼlim (Project–Based Learning) treningi boʻlib oʻtdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.1K views17:17
Ochish/sharhlash
2023-10-28 10:24:55
#new_Uzbekistan_university

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi:

Abrorjon Butayev – kumush medal;
Olimjon Olimov – kumush medal;
Jasurbek Roʻziboyev – bronza medal.

Maʼlumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

Talabalarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.1K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-10-27 17:30:10
#Prezident_maktabi

Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreya ta'lim markazi direktori tashrif buyurdi

Janubiy Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Chu Man Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, maktabdagi shart-sharoitlar, yaratilgan imkoniyat va qulayliklar bilan tanishish barobarida maktabda yo'lga qo'yilgan koreys tili to'garaklari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda bu borada o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv so'ngida Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Koreya ta'lim markazi o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qator kelishuvlar amalga oshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.2K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-10-27 15:14:25
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi

“Infolib Oʻzbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻquvchilar bilan samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Maktabda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasidan masofadan foydalanish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, shu yilning sentabr oyida mazkur maktabning ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.4K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-10-26 09:02:04
#ijod_maktabi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Vazir Hilola Umarova yaqinda "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladi.

Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.6K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-10-25 20:06:59
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi

Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘lgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
16.4K views17:06
Ochish/sharhlash
2023-10-25 14:25:39
#Prezident_maktabi

Fargʻona shahridagi Prezident maktabida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan “Bir makon, bir maqsad: tinchlik va rivojlanish uchun birlashamiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
13.2K views11:25
Ochish/sharhlash