Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.96K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-12-04 19:59:37
OTA-ONALAR DIQQATIGA!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida shu yilning 16-noyabridan transfer.piima.uz platformasi ishga tushirilgan edi.

Mazkur transfer.piima.uz platformasi orqali arizalarni qabul qilish 2023-yil 5-dekabr kuni soat 18:00da toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.5K viewsedited  16:59
Ochish/sharhlash
2023-11-25 15:51:29
#Direktorlar_Angliyada

Maktab direktorlarining Portsmutdagi kasbiy rivojlanish dasturlari davom etmoqda.

Loyiha doirasida ishtirokchilar bugun kunning birinchi qismida ishtirokchilar uchun moliyaviy savodxonlik va maktabning moliyaviy rejasini tuzishda maktab rahbariga lozim bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantirish mavzusida treninglar bo’lib o’tdi.

Kunning ikkinchi qismida esa maktabda kasbiy rivojlanish va ta’lim sifatini oshirish uchun mentorlik tizimini joriy qilish muhimligi haqida so’z bordi.

Unda maktab barcha ta’lim jarayonida bemalol ishtirok eta oladigan va teng darajada iqtidorlarini namoyon eta oladigan makon bo’lishi lozimligi ta’kidlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.2K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-11-23 19:11:53
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.8K views16:11
Ochish/sharhlash
2023-11-21 14:48:46
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.0K views11:48
Ochish/sharhlash
2023-11-15 08:47:16
#yangi_baholash_tizimi

Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.7K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-11-14 16:43:42
Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi
17.6K views13:43
Ochish/sharhlash
2023-11-12 10:56:46
#seminar_trening

Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.8K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2023-11-11 19:43:22
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Agentligimiz tizimidagi Ijod maktablarining o‘quvchilari xalqaro (B2 - C1) va mahalliy til bilish sertifikatlaridan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqa:

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Ogahiy nomidagi ijod maktabi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.6K views16:43
Ochish/sharhlash
2023-11-11 12:20:06
#yashil_makon

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bog'i tashkil etilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari hamda tizimdagi boshqa qator tashkilotlar xodimlari ishtirokida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tashabbus davomida murakkab yer sharoitiga moslashuvchan 1000 tupdan ortiq yong‘oq daraxti ko‘chatlari ekildi.

Daraxt ekish tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda o‘tqazilgan ko‘chatlarni parvarish qilish hamda hududni yanada obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.3K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-11-07 08:43:44
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Trening ishtirokchilariga shoʻbalarga boʻlingan holda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.9K views05:43
Ochish/sharhlash