Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib yangilik! 2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻl | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ajoyib yangilik!

2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang
Hoziroq ro'yxatdan o'ting

Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

Batafsil maʼlumot bu yerda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube