Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tuman ix | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 18-yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar e'lon qilingan.
 
Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 402 nafar o‘quvchiga 37 nafar o‘qituvchi, 8 nafar tarbiyachi ta’lim-tarbiya berib keladi. Maktab-internat yotoqxonasiga 120 nafar o‘quvchi joylashgan bo‘lib, shundan 32 nafarida 2024-yil 18-yanvar kuni soat 22:00-24:00 oralig‘ida sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi, oshqozonda va qorinda og‘riqlar kuzatildi.

Mazkur holat bo‘yicha maktab-internat hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatdi, qo'shimcha yordam uchun tez yordam xodimlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Ma’lumot o‘rnida maktab-internat oshxonasida autsorsing asosida “Azizbek Omad uchquni” MChJ faoliyat olib boradi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Sariosiyo tuman Sanitariya va epidimalogiya osoyishtalik markazi tomonidan maktab-internat oshxonasining sanitariya holati to‘liq o‘rganilib, 18-yanvar kuni o‘quvchilarga berilgan nonushta, tushlik va kechki ovqat namunalari tahlil uchun olindi.

Hozirda barcha o‘quvchilarning sog‘ligi yaxshi, dars jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda. Shuni alohida ta'kidlaymizki, vaziyat IIB, SES hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube