Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi I
Telegram kanalining logotibi piimauz — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Kanal manzili: @piimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.15K
Kanalning ta’rifi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz
Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ 998(71)207-40-48
🤖 t.me/piimasavollar_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-09-06 17:50:48
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSINING OCHILISH JARAYONIDAN VIDEOLAVHA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.1K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2023-09-06 16:55:10
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

XORAZM VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI XIVA SHAHAR 1-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Xiva shahar hokimi T.Davletov hamda nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Xiva shahrida joylashgan oldingi Bolalar shaharchasi yangidan rekonstruksiya qilinib, qo'shimcha 330 o‘rinli bino qurilib ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi va o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Xorazm viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 27 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Ayni paytda mazkur maktab-internatda 168 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.3K views13:55
Ochish/sharhlash
2023-09-04 17:09:29
#OAV_biz_haqimizda

Tahlilnoma | Ta’lim sohasidagi jiddiy qadamlar: maktab, o‘qituvchi va o‘quvchilarni kutayotgan eng muhim o‘zgarishlar
#uzbekiston24

02:25, 06:01, 17:30 Anmari Anderson – Toshkent shahridagi Prezident maktabining maxsus fanlar bo‘yicha akademik direktori

07:25 Rodan Kondes – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.0K views14:09
Ochish/sharhlash
2023-09-04 15:22:17
#bilimlar_kuni
#ijod_maktablari

Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tantanalari va 2023/2024-o‘quv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” bo‘lib o‘tdi.

“Mustaqillik darsi”da bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va bunyodkorlik ishlari, taʼlim tizimi to‘g‘risida so‘z bordi.

IJOD MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.1K views12:22
Ochish/sharhlash
2023-09-04 14:11:06
#prezident_maktablari
#bilimlar_kuni

Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida 2023-2024-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlarda faxriy mehmonlar so'zga chiqib, boshlangan yangi o'quv yili bilan o'quvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod etdi.

PREZIDENT MAKTABLARINING IJTIMOIY TARMOQDAGI RASMIY SAHIFALARI:

Andijon shahridagi Prezident maktabi
Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Guliston shahridagi Prezident maktabi
Jizzax shahridagi Prezident maktabi
Qarshi shahridagi Prezident maktabi
Navoiy shahridagi Prezident maktabi
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Nukus shahridagi Prezident maktabi
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Samarqand shahridagi Prezident maktabi
Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
Xiva shahridagi Prezident maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.8K views11:11
Ochish/sharhlash
2023-09-01 05:00:26
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun

Aziz yurtdoshlar!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-08-31 18:32:54
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.8K viewsedited  15:32
Ochish/sharhlash
2023-08-31 16:38:54
Mustaqillik bayrami arafasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda gibrid shaklda yillik inklyuziv IT-oromgoh o‘tkazildi.

Tadbirlarga boy bo‘lgan hafda butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 195 nafar o‘quvchi uchun juda tez o‘tib ketdi. Bolalar dizayn, media, robototexnika bo‘yicha yangi dasturlarni o‘zlashtirdilar. Yana 3000 nafardan ziyod o‘quvchi mashg‘ulotlarda onlayn qatnashdi.

Ayniqsa, ekologik IT-loyihalar o‘ziga xos va rang-barang bo‘ldi: bolalar guruhlarga bo‘linib, o‘z qo‘llari bilan quyosh batareyalaridan energiya oluvchi shamol generatori, kichik gidroelektr stansiyasi va mashinacha yasashdi.

Yopilish marosimida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etib, bolalar bilan samimiy suhbatlashdi. Ular orasida 102-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining robototexnika bo‘yicha g‘olib jamoasidan Madina Yunusova va Isroil Maksumov ham bor.

Tabriklarga qo‘shilamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.6K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-08-31 16:00:24
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
18.8K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-08-31 15:30:33
#Infografika

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning avgust oyida taqdim etilgan axborotlari yuzasidan infografika.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.6K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash