Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik #UNOPS Maktabgacha va maktab ta’limi vaz | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube