Get Mystery Box with random crypto!

#prezident_maktablari #faxr_tuygʻusi FARZANDI PREZIDENT M | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#prezident_maktablari
#faxr_tuygʻusi

FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK

Abbos Poʻlatov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.

"Kim oʻylabdi deysiz, oddiy oilaning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb. Haqiqat bor ekan, oʻqigan bola kirar ekan. Oʻqishga kirganini birinchi boʻlib ustozi bizga aytdi. Koʻzimga yosh keldi... "

Maʼlumot uchun, Abbosning otasi Yodgor Roʻziyev – maktabda qorovul boʻlib ishlaydi. Onasi Matluba Rahmatova – uy bekasi.

Iqtidorli oʻquvchimizga Olot tumanidagi 34-maktab boshlangʻich sinf rahbari Nilufar Xudoyqulova taʼlim bergan.

Qolaversa, Abbos Buxoro shahridagi Prezident maktabidan tashqari Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga 84.8 ball bilan 1-o'rinda kirgan.

Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube