Get Mystery Box with random crypto!

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar #International_Baccalaureate # | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 18-19-sentabr kunlari IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan koʻzlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar haqida maʼlumot berishdan iborat.

Ta'kidlash lozim, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida shartnoma imzolangan.

Ushbu dastur o‘quvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. O‘quvchilar turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlashni o'rganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

IB (International Baccalaureate) - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube