Get Mystery Box with random crypto!

Ўқитувчилар

Telegram kanalining logotibi pedagoglarmiz — Ўқитувчилар Ў
Telegram kanalining logotibi pedagoglarmiz — Ўқитувчилар
Kanal manzili: @pedagoglarmiz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.57K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi xodimlari uchun «Ўқитувчилар» kanali!
Taʼlimga oid video va fotolavha yuboring biz kanalda yoritamiz: 👉 @Lavhayuborishbot
Reklama uchun: 👉 @nodirnurjon
7.12.2018
Ҳомий каналга ҳам аъзо бўлинг
👇👇
https://t.me/Kunxabariofficial

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-07 08:00:57
#breaking_news

“Tashabbusli budjet” bo’yicha ovoz berish jarayonlari 7-aprel soat 10:00 da yakunlandi.

Qadrli ustozlar erkin nafas olishingiz mumkin. Endi sim karta olishingiz shart emas. Sinfingizga kelib bemalol dars o'tishingiz mumkin.

@pedagoglarmiz
1.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:18:17 May oyidan boshlab pedagog xodimlarga oylik ish haqi oshirilgan miqdorda toʻlanadi

Maʼlumki, 2023 yilning 1 may sanasidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi miqdori 7 % miqdorida oshirilmoqda.

May oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

Maktab direktori:
3 mln 816 ming 990 soʻm (400 oʻquvchigacha)
4 mln 75 ming 624 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
4 mln 321 ming 741 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
4 mln 571 ming 633 soʻm (1600dan ortiq)

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchigacha)
3 mln 816 ming 990 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
4 mln 75 ming 624 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
4 mln 321 ming 741 soʻm (1600dan ortiq)

Direktorning hoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:

1 mln 512 ming 2211 soʻm (400 oʻquvchigacha)
1 mln 649 ming 960 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
1 mln 793 ming 565 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
1 mln 942 ming 607 soʻm (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm

Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi (0.5 st) – 1 mln 377 ming 824 soʻm

Psixologlar
Oliy maʼlumotli psixolog
– 2 mln 480 ming 84 soʻm

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 870 soʻm

Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 137 soʻm

Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 761 soʻm

Oʻqituvchilar
Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi
– 2 mln 575 ming 883 soʻm

Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm

Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 99 soʻm

Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 740 soʻm

Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 940 soʻm

Maktab laboranti (1 st )– 1 mln 363 ming 337 soʻm

Kutubxona mudiri:

Oʻrta maxsus maʼlumotli – 1 mln 814 ming 665 soʻm

Oliy maʼlumotli – 1 mln 979 ming 952 soʻm

Kutubxonachi:

Oʻrta maxsus maʼlumotli – 1 mln 573 ming 584 soʻm

Oliy maʼlumotli – 1 mln 656 ming 406 soʻm

@pedagoglarmiz
5.1K views16:18
Ochish/sharhlash
2023-04-06 19:16:19 Redmi telefon kim ishlatadi.

*#*#6485#*#*

MF_02 nechini koʼrsatmoqda...
Kommentariyada qoldiramiz.
@pedagoglarmiz
3.7K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:35:21
Энди болаларнинг саломатлиги, хавфсизлиги, жисмоний, ақлий ривожланишига зарар келтирадиган, таълим олишига халақит берадиган мажбурий меҳнат мутлақо тақиқланади

#yangilanayotgankonstitutsiya
533 views14:35
Ochish/sharhlash
2023-04-05 15:06:54 ​​9 ой қолди: Ўқитувчи ойлигини 1000 долларга етказиш йўлида жуда секин қадамлар

Апрелдан декабрга қадар 1697 нафар ўқитувчи маошига қўшимча 5 миллион 390 минг сўм миқдорида (энг кам иш ҳақининг 5,5 баробари) миқдорида устама олишади. Ойлик маошларга устамалар қўшилса, камида 1700 га яқин ўқитувчилар 9-10 млн сўмга даромадга эга чиқишади. Рағбатлантириш рўйхатига тушган ўқитувчилар учун қанча хурсанд бўлмайин, шундаям уларнинг ойлик даромади 1000 долларга (11,5 млн.сўм) етмайди.

Албатта бу ҳали кам, маррага эса жуда секин кетилмоқда. Ўқитувчиларнинг маоши 1000 долларга етказилиши ҳақида илк баёнотлар айтилганига 5 йил бўлди, кейинчалик бу марра фақат олий тоифали ўқитувчиларга оид бўлиши қўшимча қилинди. Энг охирги ваъдаларга кўра бу мақсадга етишиш 2024 йилда амалга ошиши эълон қилинган. Шунгаям 9 ой қолди. Ваъда бажариладими? Бу кетишда жуда қийин.

Яна бир гап. Катта ваъдаларга қарамай, ўқитувчиларнинг ойлиги амалда мамлакат бўйича ўртача ойликдан анча ортда қолишда давом этмоқда. 5 йил аввал ўқитувчилар ўрта қатламга яқинроқ бўлган бўлса, бугунга келиб сезиларли тарзда узоқлашган. Бу осмондан олинган гап эмас, расмий статистика бўйича шундай.

Узоққа бормайлик, ўқитувчиларнинг ойлиги охирги марта 2022 йил июнда ошган ва энди 2023 йил 1 майдан 7%га ошади. Бу даврдаги йиғилган инфляция 10%дан зиёд бўлди. Демак, амалда ўқитувчиларнинг даромадлари ошиш ўрнига, камайди.

Иккинчи масала, долларнинг ўзи инфляция ҳисобига охирги 5 йилда АҚШда 19,53% атрофида қийматини йўқотган. Яъни 2018 йилдаги 1000 доллар ҳозир 800 доллар, 2024 йилда 800 доллардан камроқ реал қийматга эга бўлади, 2030 йилда балки 500 долларлик реал қийматга эга бўлади.

Кўраяпсизки, минг долларлик ойликка етиш вазифаси қанча кейинга қолдирилса, ваъда берганларга шунча яхши, айтайлик долларнинг қиймати йўқотилиши ҳисобига, масалан 2030 йилда бу номинал маррага ўз ўзидан, ҳеч бир қўшимча харажат ва молиялаштиришсиз ҳам етилиши мумкин. Билмадим, балки амалда шундай ҳам бўлар.

Отабек Бакиров

@pedagoglarmiz
3.6K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-04-05 15:03:08
May-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari may-iyun oylari davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Kanalga ulanish
@pedagoglarmiz
3.3K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-04-04 19:08:01 2022-2023 ўқув йилида мактабларда 9-синф ўқувчилари ҳам, 11-синф ўқувчилари ҳам 6 та фандан имтихон топширади

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 6 мартдаги "2022-2023-ўқув йилида умумий ўрта таълим муассасаларида ўқувчиларнинг якуний давлат аттестациясини ташкил этиш ва ўтказиш тўғрисида"ги 46-сонли буйруғига кўра қуйидаги фанлардан якуний назорат имтиҳонлари ўтказилади:

9-синфлар учун:

Она тили ва адабиёт (ёзма, баён);
Математика (ёзма);
Ўзбек тили - таълим ўзбек тилида олиб борилмайдиган умумий ўрта таълим муассасалари учун / Рус тили - таълим рус тилида олиб борилмайдиган умумий ўрта таълим муассасалари учун (оғзаки);
Тарих (оғзаки);
Жисмоний тарбия (амалий);
Ўқувчининг танлови бўйича* (оғзаки).

11-синфлар учун:

Она тили ва адабиёт (ёзма-иншо);
Математика (ёзма);
Ўзбек тили (таълим ўзбек тилида олиб борилмайдиган умумий ўрта таълим муассасалари учун) / Таълим муассасаси танлови** (ёзма ва оғзаки)
Чет тили (ёзма ва оғзаки);
Ўзбекистон тарихи  (оғзаки);
Ўқувчининг танлови бўйича* (оғзаки).

@pedagoglarmiz
7.0K views16:08
Ochish/sharhlash
2023-04-04 18:04:42 KELAJAKKA OVOZ BERAMIZ!

Qaytmas o‘sha og‘ir qadamlar,
Tarixning tosh izidan yurib.
To‘p-to‘p bo‘lib kelar odamlar,
Islomidan isnodni surib.

Osmonida bo‘lmas xavotir,
Quyosh kulib turadi mudom.
Bulutida hayot bor, ahir,
Xayolida Masjidul Harom.

Yangramoqda besh vaqt azoni,
Tong otmoqda uyg‘onib iymon.
Namozida endi qazoni
Qilmay qo‘ydi hur, ozod inson.

To‘ylarda ham o‘qilar Qur’on,
Bayram bo‘ldi chinakam Hayit.
Komil Haqqa yetishdi iymon,
Yetishgandek Jannatga mayit.

Qalbga orom bo‘ldi Ramazon,
Ochlik ketib, to‘ydi taqvoga.
Beruniylar yo Abu Rayhon,
Qayta keldi yana dunyoga.

Hayo ila yopingan ayol,
Shahvatlardan holi jamiyat.
Tojdan ulug‘ bo‘lganda ro‘mol,
Toptalmaydi sira hamiyat.

Zalolatni ko‘mdik qabrga,
Jaholatdan yuz burdi avom.
O‘rganib ham qoldik sabrga,
Kerak endi shunchaki orom.

Ohiratning o‘ylab g‘amini,
Unutishdi ichishni sharob.
Umrimizning qolgan kamini,
To‘ldiradi dedilar, savob.

Haqdorlarga berilar zakot,
Ehson olay deguvchi yo‘qdir.
Bunchalar ham go‘zalsan, hayot,
Kelajakdan koʻnglimiz to‘qdir.

Orzu qilgan yetar murodga,
Nochorga ham bir qadam Ka’ba.
Yaqinlashib qoldik sirotga,
Dildan tilda aytilar tavba.

Bu zamonga shukronalik kam
Bo‘lmasinda ey, ona xalqim!
Dorilomon kunlaringda ham,
Noliguvchi bo‘lmagin, tokim.

Musaffo osmonim uchun ham,
Men seni o‘n karra o‘paman.
Sen borsan, shu menga bir olam,
Iymonim – ishonchim, ey Vatan!

Yangidan tugʻilar Qomusim,
Men seni yoʻrgakka oʻrayman.
Chunki sen orim ham nomusim,
Allohdan, umringni soʻrayman.

Sen – bizni chorlagan kelajak,
Kutmoqda saodat maskani.
Xalqimiz maqsadi mushatarak,
Hilpirar orzular yelkani.

Temurning adolat soʻzi bor,
Shoning bor, koʻksimiz keramiz.
Yuksalsin deb, yana, bu diyor,
Kelajakka ovoz beramiz!

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi

@pedagoglarmiz
3.7K views15:04
Ochish/sharhlash
2023-04-04 17:00:40 Prezident maktabi kirish imtihonlarida qanday savollar berilad!?

Prezident maktabi imtihonlari numunasidagi eng sara matematika testlari, tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari berib boriluvchi @PMTESTS kanalida imtihonlarning namunaviy testlari bo'yicha to'liq tasavvurga ega bo'ling! Kanalimiz obunachilari hozirgacha:
60 ta matematika fanidan saralash imtihoni testlari
29 ta tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testlari
bilan bilimlarini oshirib yechimlarini o'rganib (jami 2700 ga yaqin savollar ) o'zlashtirib bo'ldi.

SIZCHI? Siz ham prezident maktabi imtihon savollaridan xabardormisiz?!

Ramazon oyi munosabati bilan Asosiy kanalimizda ba'zi mavzulashtirilgan online testlar ham ochiq tarzda bo’lib o’tadi.

30-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi BUGUN 4-aprel yakshanba soat 20:00da @pmtests Kanalimizda ochiq o'tkaziladi.

SIZning bilimingizni oshirib beruvchi quyidagi kanallarga obuna bo'ling.

1-kanal. Prezident maktabi testlari Asosiy kanal.
2-kanal. 1-11-sinflar uchun MATEMATIKA testlar.
3-kanal. Prezident maktabi ingliz tili testlari.
3.3K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:15:03 #Миллий_сертификат

Она тили ва адабиёт, тарих ҳамда география фанларидан талабгорларни рўйхатга олиш 10 апрель куни бошланади

Маълумки, 2023 йил 30 апрель куни Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси бўйича референдум бўлиб ўтиши белгиланган.

Шу сабабли 30 апрель куни ўтказилиши режалаштирилган она (ўзбек, рус, қорақалпоқ) тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонлари 14 май кунига кўчирилди.

Бунда она тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат имтиҳонида иштирок этмоқчи бўлган талабгорлар 10 апрелдан 24 апрелга қадар (шу куни ҳам) рўйхатга олинади.

Шунингдек, 21 май куни бўлиб ўтадиган тарих ва география фанларидан миллий сертификат имтиҳони учун талабгорларни рўйхатга олиш ҳам 10 апрелдан 24 апрелга қадар амалга оширилади.

Талабгорлар my.uzbmb.uz сайтининг «Миллий сертификат» бўлими орқали рўйхатга олинади ва рўйхатга олишнинг сўнгги куни 24 апрель (тўлов қилиш — 25 апрель) куни ҳисобланади.

@pedagoglarmiz
5.3K views13:15
Ochish/sharhlash