Get Mystery Box with random crypto!

Ўқитувчилар

Telegram kanalining logotibi pedagoglarmiz — Ўқитувчилар Ў
Telegram kanalining logotibi pedagoglarmiz — Ўқитувчилар
Kanal manzili: @pedagoglarmiz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.57K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi xodimlari uchun «Ўқитувчилар» kanali!
Taʼlimga oid video va fotolavha yuboring biz kanalda yoritamiz: 👉 @Lavhayuborishbot
Reklama uchun: 👉 @nodirnurjon
7.12.2018
Ҳомий каналга ҳам аъзо бўлинг
👇👇
https://t.me/Kunxabariofficial

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2021-12-16 22:00:49
Telegramda guruhingiz bormi?

@PosbonoyBot — guruhda reklama va kirdi chiqdilarni uchiradi!

Guruhga Admin qilib START bossangiz:

Har qanday reklamani
Guruhni spamdan asraydi
Botlardan himoya qiladi
Guruhdagi link'larni o'chiradi
Guruhdagi Arab yozuvlarini
Guruhga kirgan chiqqanlarni


Bot ushbu vazifalarni bajarish uchun guruhda Admin bo'lishi shart!
770 views19:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 18:46:02
#Ёшлар_келажагимиз

Наманганлик ўқувчи тадбиркорлик ортидан 70 млн сўмдан зиёд даромад топмоқда

Халқ таълими вазирлигининг ташаббуси Наманган вилоятида ҳам юзлаб касб-ҳунар, тадбиркорлик билан шуғулланиб келаётган интилувчан ўғил-қизларни кашф этмоқда.

Биргина Давлатобод туманидаги ўқувчилар мисолида ҳам буни кўриш мумкин. Тумандаги 78-умумтаълим мактабининг 10-синф ўқувчиси Маҳдийхон Абдуқаюмовнинг оиласи 40 йилдан буён асаларичилик билан шуғулланиб келади. Анъанани давом эттираётган ёш тадбиркор айни кунларда 200 та яшикда 1200 та асалари оиласини парвариш қилмоқда. У жорий йилда асаларичиликдан 70 млн сўм соф даромад олган.

Худди шу тумандаги 82-умумтаълим мактабининг 8-синф ўқувчиси Моҳигул Ҳасанбоева эса тўқувчиликни пухта эгаллаган.

Яна бир ёш тадбиркор 11-синфда таҳсил олаётган Билохон Бекмирзаевдир.

Халқ таълими вазирлиги

«Ўқитувчилар» каналига аъзо бўлинг ва барчага улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXdusfFSr9BIO9Q6w
2.8K views15:46
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:30:17
Ajoyib yangilikni e‘lon qilishga shoshilamiz!

1000$ Oylik qanday o‘qituvchilarga berilishi ma’lum bo‘ldi! O‘qituvchilar yaqin yillar ichida yaxshi tayyorgarlikka va malakaga ega bo‘lishi kerak, yaʼni Kreativ Pedagog sifatida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:

Shovqinli sinfni tinchlantirishning top 10 ta texnikasidan foydalanganmisiz?
Attestatsiyada pedagogik mahoratingiz pand beryabdimi?!
Jigsaw metodi orqali qoloq o‘quvchini aʼlochiga aylantirishnichi?

Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa, havotirlanmang Kreativ Pedagog loyihasi bu borada sizga yordam beradi!

Buning uchun hoziroq ko‘k yozuv ustiga bosing!

link https://t.me/joinchat/kTdIhMw8o3IyNGUy

Rasmiy sahifamiz @Krepeduz
2.9K views14:30
Ochish/sharhlash
2021-12-13 18:00:35
“Ustoz-2020” tanlovi g’oliblari Dubayda “RewirEd” sammitida ishtirok etishmoqda.

Sammit keng miqyosli ta’limga oid tadbir hisoblanadi. Shu bilan birga, sammit davomida yoshlar, ilm-fan, kelajak kasblari, ta’limda innovatsiyalar va moliyalashtirish manbalari mavzularida taqdimotlar, muhokama sessiyalari tashkil etiladi.

Bu ustozlarimiz uchun katta rag’bat. Biz o’qituvchilarimizni rag’batlantirishda va ularni qo’llab-quvvatlashda davom etamiz.

Ayni vaqtda sizning ham qo’llab-quvvatlashingizga muhtojmiz. Kanalimizni ko’proq ustozlarga tavsiya qiling va jamoamizni kengaytirishga hissa qo’shing, toki ko’p ustozlar ajoyib imkoniyatlardan bahramand bo’lishsin!
2.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:51:13
Мирзо Улуғбек туманидаги меҳнат таълимига ихтисослаштирилган мактабга ташриф чоғида Президентимиз мактаб ошхонасига ҳам кириб, бу ерда меҳнат қилаётган ишчилар билан суҳбатлашди. Шу ернинг ўзида журналистлар билан мулоқот бўлди.

Во время посещения школы профильного трудового обучения в Мирзо-Улугбекском районе Президент зашел в школьную столовую и побеседовал с ее работниками. Здесь же состоялась встреча с журналистами.
6.3K views13:51
Ochish/sharhlash
2021-12-09 11:50:21
Biz ta`limda korrupsiyaga qarshimiz! (pedagoglar attestatsiyasi misolida)
#Ta’lim_sifatini_nazorat_qilish_davlat_inspeksiyasi

«Ўқитувчилар» каналига аъзо бўлинг ва барчага улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXdusfFSr9BIO9Q6w
8.5K views08:50
Ochish/sharhlash
2021-12-09 11:50:21
Jizzax viloyati Arnasoy tumani 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi CHQBT fani o'qituvchisi Sariyev Dilshod tamonidan Konstitutsiyaning 29- yiligiga bag'ishlab "Qomusimiz - faxrimiz " mavzusida tayyorlangan videorolik.

«Ўқитувчилар» каналига аъзо бўлинг ва барчага улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXdusfFSr9BIO9Q6w
7.5K views08:50
Ochish/sharhlash
2021-12-08 18:43:02 ADOLAT

Gohi umr daryo, manzili osmon,
Topmoq — yo‘qotmoqlik, yo‘qotmoq — topmoq.
Ohiriga yetib bo‘lmas hech qachon,
Ba'zi savollarning javobi so‘roq.

Dunyoni ne zotlar o‘tmadi so‘rab,
Ne zotlar hukmida bo‘lmadi zamon.
Gohi haqiqat deb, yolg‘onni o‘rab
Aytgan ne dohiyni ko‘rmadi jahon!

Baxt deya baxtsizlik otdilar toshni,
Urushlar bo‘lmadi, bo‘lmadi tinchlik!
Tinchlik deya qancha chopdilar boshni,
Bu qanday baxt edi, qanday ko‘rgilik!!!

Men — tarix, deguvchi ko‘p edi oniy,
Birgina lahzalik imzo qudrati.
Nahot bilmas edi bu dunyo foniy,
Nahot dars bo‘lmaydi o‘tmish ibrati.

Aslida hayotning bor o‘z hikmati,
Unda oddiy zotlar — xalq yashar hamon.
Ne-ne shohlardan-da, oliy himmati,
Iymon-la, yuksaldi Hazrati Inson!

Orzular quliga aylanib kimlar,
O‘tkinchi dunyoni o‘tdilar buzib.
Boylik, mansab deya ne-ne hokimlar,
Insoniy rishtani qo‘ydilar uzib.

Ammo olam turfa rangli mavjudot,
Unda mo‘jizalar ro‘y berar goh-goh.
Hatto o‘zgaradi butun koinot,
Tarix o‘zgarmaydi, u bunga guvoh.

Kuch — adolatda, haqiqat — ko‘zda,
Tafakkur — bilimda, sohibi oqil.
Hayot falsafasi aytilgan so‘zda,
Chinakam inson u, gar bo‘lsa odil.

Betartib olamda yashamas odam,
Har bir jamiyatning qonunlari bor.
Unda farovonlik, haq-huquqlar jam,
Ne bitilgan bo‘lsa, bo‘ysunish darkor.

"Bo‘ysunish" bizlarga "yot" demang aslo, —
Tan olish o‘zganing erki, baxtini.
Allohga bo‘ysungan qalblar — eng a'lo,
Egallar hatto qul Jannat taxtini.

O‘zbek qul bo‘lmagay hech kimga, illo
Allohdan o‘zgaga bosh egmagay ham.
Qachonki, bu zamin bo‘lgan istilo,
Lekin qalbi bo‘lgan Allohga qaram.

Islom bino bo‘lgan ulug‘ damlardan,
Xalqimning ustundek bordir hissasi.
Jaholat, falokat, og‘ir g‘amlardan,
Xaloskori bordir, bordir qissasi.

Buxoriy — payg‘ambar vorisi, olim,
Termiziy, Xorazmiy, Farobiylar bor.
Sino, Beruniylar ulug‘ muallim,
Ham dunyo, ham diniy bilimi bisyor.

Garchi fotih bo‘lsin Temur, Bobur ham,
Ular chin e'tiqod uchun kurashgan.
Mazlum musulmonlar uchun chinakam,
Adolat, haqiqat, tenglik so‘rashgan.

Navoiy nazmida nekbin naslida,
Oddiy xalq baxtini ayladi doston.
O‘ylamang, asari shohlar aslida,
Uning har bir so‘zi majozu chiston.

Eng buyuk qomus deb bilamiz Qur'on,
Hayot saodatin baxti kaliti.
Usiz qiyomatu bo‘ladi qiron,
Usiz buziladi yashash muhiti.

Qonunlar adolat, haqiqat ramzi,
Burch va huquqlarda barcha barobar.
Har ishda odillik bo‘lsa tarozi,
Bo‘lmas mazlumlaru, zolimlar rahbar.

Xalqim irodasi bitilgan qomus,
Adolat qonuni havodek zarur.
Unda erk, orzular, toptalmas nomus,
Insoniylik unda topadi zuhur.

Har bir fuqaroga kafolat — tenglik,
Go‘yo farzandiga ota-onadek.
Eng oliy qadriyat — maqsadi tinchlik,
Dunyoga ezgulik istaydi O‘zbek!

Ilm olmoqlikka berilgan imkon,
Najot ilmda deb, aytgan har qachon.
Kelajak haqida o‘ylarkan inson,
Shukrona keltirsa arzir begumon.

Inson hayotiga daxlsizlik bor,
SHamoldek erk qushi vatan sohibi.
Jamiyat baxtiga bo‘lib daxldor,
Yashasa bo‘lgani har bir noibi.

Ulug‘ sarbon o‘zing, o‘zing adolat,
Senda odamiylik topmish zo‘r qadr.
Yurtim ahli uchun bo‘lgin saodat,
Sen-la, baxtli bo‘lmoq keldi bu davr.


Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi

«Ўқитувчилар» каналига аъзо бўлинг ва барчага улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXdusfFSr9BIO9Q6w
9.5K views15:43
Ochish/sharhlash
2021-12-08 18:40:51
30 ноября в СГОШ-2 г.Каттакургана Самаркандской области состоялось торжественное закрытие месячника русского языка "Мы любим русский язык". На этом празднике присутствовали все учителя и администрация школы.Учащиеся читали стихи русских поэтов,пели песни,частушки, рассказывали пословицы,танцевали, играли на музыкальных инструментах.Мероприятие прошло очень интересно.Учителя тоже пели песни, романсы.

«Ўқитувчилар» каналига аъзо бўлинг ва барчага улашинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEXdusfFSr9BIO9Q6w
6.1K views15:40
Ochish/sharhlash
2021-12-08 03:01:03
#Педагоглар_аттестацияси

2022 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган аттестацияда иштирок этмоқчи бўлган педагоглар онлайн-мурожаат қиладиган (аттестацияда иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш) электрон дастур синов (апробация)дан ўтказилмоқда.

Қидирув тизими орқали қўйидаги ҳаволага ўтилади
http://pedkadr.tdi.uz/pedagogue/sign

Рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш учун юқоридаги қадамлар амалга оширилади

@pedagoglarmiz
9.4K views00:01
Ochish/sharhlash