Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqituvchiga oʻrindosh boʻlib ishlayotgan maktabdan ham asosiy | Oʻqituvchilar uchun

Oʻqituvchiga oʻrindosh boʻlib ishlayotgan maktabdan ham asosiy ish joyi kabi bir xil shartlar asosida mehnat taʼtili beriladimi? Ularga taʼtil puli toʻlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega.

Kodeksga binoan, olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra, asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi taʼtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi.

Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʼtiliga ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar toʻliq haq toʻlanadi.

Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!

@Pedagoglarga
https://t.me/joinchat/QgkKxey0cc4b-wvU