Get Mystery Box with random crypto!

Panda Books

Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books P
Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books
Kanal manzili: @panda_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Books & Book reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari.
Tijoriy hamkorlik va aloqa👉 @pandapochtabot
YouTube: tiny.cc/ytpb
Tiktok: tiktok.com/@pandareads
Inst: instagram.com/pandabooks2020

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 11:01:10
Mazmunli o'tgan dam olish kunlaridan so'ng, Empire jurnali uchun rasmga tushgan Deniel Kreyg kabi yangilangan va yaxshi kontent bilan to'ldirilgan holda qaytyapman.

Barchaga kitoblar dunyosiga marhabo deb qolaman!

@panda_books
458 views08:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 01:17:45 #haqida

Milliy Bog'

Bugun bir necha yildan beri yopiq turgan poytaxt bog'laridan biri – Milliy Bog' ochilgani haqida eshitdim. Kechki sayrda qadrdon bog'ga qaytib bordim. Va albatta, ko'lni ko'rishga.

O'zgargan. Yaxshi tarafga. Shinam, yam-yashil maysalar, imkon qadar odamlarni bezdiradigan attraksionlar va binolardan holi (narigi tarafdagi Magic'ga salom!) Ishchilar uchun maxsus uniformalar qilinibdi. Yana manzur bo'lgani bog' toza va obod.

Yaqin orada ijtimoiy loyihalardan bu darajada xursand bo'lmagandim. Milliy bog' qaytganidan xursandman. Barchani sayrga taklif qilaman. O'sha eski paytlardagidek.

@panda_books
590 views22:17
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:45:24 #premyera

Yoqtirgan asarlaringni o‘zbekchaga tarjima qilishlari juda yoqimli. Ulardan biri Harper Lee'ning "To Kill a Mockingbird" asari.

Sentyabr oyida To Kill a Mockingbird asarining o'zbekcha tarjimasi @Akademnashr tomonidan chop etilishi kutilmoqda. Bu haqida kitob tarjimoni Mushtariy xabar qildi.

UPD: o'zbekcha nomi - "Mazaxchini o'ldirish" bo'libdi.

@panda_books
609 viewsedited  18:45
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:10:36 #nazm

Bir odam izladim…
izladim g‘arib,
jufti yo‘q burgutday xunuk qishladim.
Kezdim armon to‘la bir jom ko‘tarib,
malaklar yig‘ladi, itlar tishladi…

Umring uzoq bo‘lsin, ey daryojonim,
husningga hirs bilan nazar solmadim.
Zanjirlar tovshiga to‘lganda yodim,
o‘zingdan o‘zga bir dildor qolmadi.

Qolmadi bir ilinj,
ishonch qolmadi,
vahshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizg‘onib opqochdim daryo dilimni.

Bu chirkin og‘izlar…
singan kallalar,
ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar…
Hirslar lashkarlari bosgan pallada
shohlarin bo‘g‘izlab tashlagan dillar.

Bu quyosh xo‘rlangan,
bu oy zo‘rlangan…
zarlari talangan bu sodda jabal.*
Qon, aroq,peshobni emib to‘ralgan
buvaklar bo‘kirib yig‘lagan mahal

yo Xudo, dedimu,
nurlar o‘ynagan
peshonam ilk bora tuproqqa tegdi,
yo Xudo, dedimu
erkin gullagan
daryodil samoga dilimni berdim.

Umring uzoq bo‘lsin,
ey daryojonim,
kechalar qarida bir gul yig‘ladi,
yuzimga sachradi bir bulbul qoni,
ko‘nglimga bu dunyo nechuk sig‘madi?!

Nechuk bag‘ringdaman,
kimning ishqida,
Nechuk yolvoraman umringni tilab?
Ulkan jasadimni toshlar ichida
yuvarsan eng nozik qo‘llaring bilan.

Aytgil, ey daryojon,
bormidi zulm?
Tog‘lar silsilasin buzvordi nola:
«Gullarning bargini yemagan gulim,
bulbullar qonini ichmagan bolam.»

Shavkat Rahmon

@panda_books
735 views16:10
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:25:43 ​​#taqriz
Qasos va muhabbat yoxud
"Graf Monte-Kristo" asariga taqriz

Mo'jiza nima? Neki, biz anglay olmaydigan.
Nima eng ko'p istaladi? Narsaki, aslo qo'l yetmas.

Graf Monte Kristo agar tirik bo'lganida, mening eng yaqin do'stim bo'lar edi. Afsuski, u do'stlikda omadi chopmaganlardan, ustiga-ustak sevgida ham sira baxt qushini boshiga qo'ndira olmaydi. Holbuki, boshida bunga juda yaqin kelgan edi... keyin esa..

Keyin esa hammasi o'zgarib ketdi. Yosh dengizchi Edmon Dantes juda puxta o'ylangan hufiyona reja asosida qamoqqa tashlanadi. Biri amalini deb, biri sevgilisi deya xiyonat qilgan bo'lsa, uchinchisi o'z sirlari ochilishidan qo'rqqanidan begunoh bandaga jabr qilishadi.

Ammo bu asarda nechog'liq mashaqqatli bo'lmasin, sinovlardan o'tgan odam obrazi ko'z oldimizda paydo bo'ladi. To' kuni sevgilisi Mersedes quchog'idan tortib olinib, tor va zax zindonga tiqilgan, sodda va hech narsadan xabari yo'q Edmondan hayotidagi barcha yorqin ranglar va hislarni shafqatsizlarcha sidirib olishadi. Unda endi faqatgina bir his - qasos hissi qolgan edi.

Uzoq yillik qasos rejasini Graf Monte Kristoga aylangan Dantes sovuqqonlarcha sekinlik bilan ijro etadi. Uning eski dushmanlari allaqachon u haqida unutib yuborishgan, ularning bari endi fransuz elitasining vakillariga aylanishgan, katta nufuz, boylik va oilaga ega edilar.

Grafning Parijga tashrifidan keyin ular hayotida baxtli tashqi ko'rinish asta-sekin yo'qqa chiqib, soxta rishtalar uzila boshladi. Ammo buning sababi chaqirilmagan mehmon bilan bog'liq ekanligi haqida o'ylashmasdi.

Graf Monte Kristo - aslo oppoq farishta sifatida gavdalantirilmaydi, aynan shu meni unga ehtiromimni yanada oshirgan desak bo'ladi. U o'z dushmanlarini birma-bir eng qadrli narsalaridan judo etgancha, o'ch ola boshlaydi. Sovuqqonlik va hech bir rahmsiz. U adolatni tiklaydi deya olmayman, chunki hayotda eng mutlaq haq bo'lish imkonsiz, buni Graf juda yaxshi tushunadi. Aynan shuning uchun ham u dushmani Danglarni so'nggi lahzada ochlikdan o'lishiga hukm qilmaydi. Holbuki o'sha Danglar uni Dantesning padarlarini ochlikka qo'yib ketgan edi.

Kitob juda og'ir o'qiladi. Hajmi 1200 varaqdan ko'proq, men o'qigan eng katta asarlardan biri. Biroq bu uning shedevr ekanligiga aslo ta'sir o'tkazmaydi. Aksincha, asar so'ngida siz kitobni yakunlanishini xohlamay qolasiz, go'yo siz Graf bilan birga qadim Parij ko'chalarida kezib borasiz, Mersedesning iltijoli yuz qiyofasini hayotda ko'rganday bo'lasiz, uzoq ufqda ko'rinib turgan mash'um If qal'asi ko'rib junjikib ketasiz. Ammo ketish onlari yaqin. Bir kun kitob tugaydi va siz Graf Monte Kristoni tark etasiz. Ammo u sizni aslo tark etmaydi...

Men doimo obunachilarga, do'stlarimga shunchaki kitob o'qishni emas, balki yaxshi kitob o'qishni aytib kelaman. Va hozir ta'rif berib o'tgan Dyumaning ushbu asari bekorga jahon klasssikasi javohiri emas. Bunga o'zim ham kafil bo'la olaman.

Yaxshi kitob o'qing...

@panda_books
728 views04:25
Ochish/sharhlash
2022-08-26 18:57:15
"Barcha yaxshi narsalar biz tug'ilishimizdan oldin sodir bo'ladi."

Danbar oilasidagi besh aka-uka - Maykl, Rori, Genrix, Tomas va Kley bor edi. Bolalar yolg'iz o'zlari, ota-onasiz ulg'ayishadi.

Ammo bir kuni ularning otasi uyga qaytadi. Qaytgandayam g'alati iltimos bilan. Ya'ni o'g'illar o'z qo'llari bilan - ko'prik qurishlari kerak edi. Kutilmaganda kenja o'g'il Kley bu chaqiriqni qabul qiladi ...

O'zim hali bu asarni o'qib chiqmadim, ammo ko'plab intellektual insonlar menga tavsiya qilishdi. "Must read" ro'yxatimga kiritib qo'ydim, o'ylaymanki, yaqin oylarda birgalikda kitob mutolaasini boshlaymiz

#маркусзусак #глиняныймост

@panda_books
757 views15:57
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:41:24 #maqola

Gaitilik Fransua Dyuvalye

Dunyo xavfli psixopatlarga to'la, ular istalgan vaqtda yo'lingizda uchrashi mumkin. Bugun ana shunday yoqimsiz qahramonlardan biri - Fransua Dyuvalye yoki oddiygina aytganda Papa Dok bilan tanishamiz. U Gaiti mamlakatini 1957-yildan 1971-yilgacha boshqargan. Bu davr ushbu sabrli xalq tarixida dahshatli va qonli sahifa bo'lib qolgan.

O'qish uchun https://teletype.in/@boredpandawriter/Fransua_Dyuvalye

davomiyligi - 5 daqiqa

@panda_books
740 views13:41
Ochish/sharhlash
2022-08-25 16:55:09 #Youtube_tavsiya

"Qum odam" The Sandman

Bugungi kunda tushlarning mistik mohiyati haqidagi soʻzlovchi eng yaxshi asarlardan biri, adib Nil Geymanning “Qum odam” komiksi hisoblanadi. 2022-yilning 5-avgustida ushbu komikslar turkumi asosida suratga olingan “Qum Odam” seriali kichik ekranlar yuzini koʻrdi.

Bu serialni o'zim mazza qilib tomosha qildim. Sizga ham tavsiya qilaman. Taqriz ham yozish niyatim bor. Undan oldin Susambil orqali ushbu tushlar olami haqida tanishib turing. Odatdagidek, yuqori sifat va batafsil mohiyat.






@panda_books
826 views13:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:47:59 #haqida

Bundan 20 yilcha oldin oddiy o'zbek ayoli Rossiyaga ishlashga borib, kutilmaganda u yerda o'zining ilk kitobini nashr ettiradi. Yulduzga aylanadi va so'nadi. Dardli hayot so'qmoqlari haqida

Yozuvchi Bibish

Haqiqiy ismi - Xojarbibi Siddiqova bo'lgan bu ayol 1965-yilda Xiva yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan. Bibishni ona qishlog‘ida sevishmasdi. Qiz badiiy, chiroyli va iste'dodli edi. Raqqosa edi.

U Toshkentda oliy taʼlim olib, turkman yigitga turmushga chiqadi va ikki farzand dunyoga keltiradi. Oradan 10 yil o‘tib, Bibishlar oilasi Rossiyaning Vladimir shahriga ko'chib o'tadi. Oilaviy kiyim bozorida savdo qilishadi.

Ketma-ket muammo va musibatlar, ayniqsa, eri bilan janjallar Xojarbibini turmush o‘rtog‘idan qochib Sankt-Peterburgga ketishga majbur qiladi. Bu yerda u o'zining birinchi kitobini yozadi, uning asosida esa butun hayoti yotardi.

2004-yilda "Azbuka" nashriyot uyi uning "Танцовщица из Хивы, или История простодушной" kitobini nashr etadi. Asari chiqqanidan keyin Rossiyadagi eng mashhur insonlardan biriga aylangan. O'sha yillarda deyarli barcha adabiy mukofotlarni nomzod bo'lgan va romani rus bestselleri bo'ladi. Tanqidchilar asar haqida "kashshof aqlning ishi emas, balki tanadan uzib olingan parcha" deyishadi. Bir kechada noma'lum ayol barcha radio va teledasturlarning yulduziga aylanadi.

Afsuski, eri gonorar pullarini qimorga tikib yuboradi. Ichishni boshlaydi. Natijada Xojar eridan ajrashadi. Uning yulduzlik davrlari qanday tez kelgan bo'lsa, shunday tez so'nadi.

Yangi kitoblar yozadi. Ikkinchi kitobi ham nashrdan chiqadi, ammo shu bilan u adabiy olamdan chiqib ketadi. Bu haqida u bilan suhbatlashilgan ikkita intervyu ko'proq ma'lumot beradi. 1-intervyu va 2-intervyu

“Bitta cho‘lda bitta daraxt o‘sar va uni tagida bitta odam yashardi. Kunlarning birida u o'zi uchun velosiped yasashga qaror qiladi. Romini o'sha daraxtdan ishlaydi. Keyin shaharga yo'l oladi. U yerda hamma unga qarab hayron bo'lishadi: "Voy, sizda qanday g'ayrioddiy, yog'och velosiped bor ekan", deya uni olqishlashadi. Ammo keyin ular yana yo'llarida davom etishadi. O'sha odam atrofga qarasa, barcha haqiqiy temir mashinalar haydashayotganini ko'radi. Yog‘ochdan yasalgan velosiped esa allaqachon hech kimga kerak emasdi”. Bibish ham o'zini avvaliga hamma maqtab, keyin unutib qo‘ygan yog'och velosiped ustidagi o‘xshatadi.

Bilmadim, hayot davom etaveradi. Yozuvchilar so'nib-chaqnab yuradilar. Ba'zan iqtidorlar biz aslo kutmagan joylardan chiqadi. Qachondir nasib qilib Moskva taraflarga o'tsam, Bibishning kitoblaridan kutubxonamga olib kelishni o'ylab qo'ydim. Sizchi, Bibish haqida eshitganmidingiz?

@panda_books
809 viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-24 21:02:16 ​​Maks Fray sevgi va qahva haqida.

Espresso
- bu hayot. Achchiq, lekin tetiklantiruvchi. Birinchi qultum yoqimsiz bo'lib tuyulishi mumkin, lekin finjoningni tugatgandan so'ng, yana bitta xohlaysan. Lekin hamisha, yana bittaga vaqt yetmaydi.

Kapuchino - bu oshiqlik. Avvaliga biroz taxir, keyin shirin va yengil, yuqorisida bir xil hayot. Shirin va taxir bo'lgan payti - bu eng a'lo payti. Aytgancha, ko'pikni ichish emas, yeyishing mumkin, bu narsa juda kam odamning hayoliga keladi. Ko'rinib turibdiki, bularning bari uyg'unlikda afzal.

Latte - bu orzular, umid suti bilan suyultirilgan espresso va ko'pik, esladingmi? Kappuchinoda keladigan ko'pik. Ammo dolchin yo'q, vaqtni his qilishga imkon beradigan taxirlik ham yo'q.

Bundan tashqari, mokko - issiq shokoladli qahva ham bor. Mokko - bu melanxoliya. Quyuq va cho'ziluvchan. Ammo hatto mokkoda ham sut bor. Va yana masalan, espressoda topa olmaydigan shirinlik ham bor. Sen buni darhol sezmaysan va har safar nima uchun aynan mokkoni buyurtma berganingni tushunmaysan. Eng shirin joyi keladigan paytdagina buni eslaysan.

Ayrish "irlandcha qahva" - bu ehtiros. Qayeridadir, eng tubida esa alkogol. Agar qahva to'g'ri tayyorlangan bo'lsa, uni aralashtirishganingda mutlaqo sezilmaydi. Lekin baribir mast bo'lasan. Aytgancha, yomon espressodan ko'ra, yomonroq faqat yomon ayrish bo'lishi mumkin.

Ristretto? Ristretto - bu o'lim. Bu qachonki butun hayot - bir qultumda. Ichasan, hisobni so'raysan va ketasan. Odatda shunday bo'ladi.

- Sevgichi? Haqiqiy sevgi?

- Haqiqiy sevgi - bu ertalab uyda tayyorlanadigan qahva. Yangigina maydalangan, yaxshisi qo'lda. Dolchin, muskat yong'og'i va kardamon bilan. Qahva toshmasligi uchun yonida qarab turishing kerak, aks holda ta'mi albat yomonlashadi. Uning uch marta ko'tarilishiga qarab turish, so'ngra bir qoshiqdan sovuq suvni qahva idishga quyish, ko'pirguncha bir necha daqiqa kutib turish kerak. Sevgi - bu sen har kunlik o'zingning eski, qadrdon chashkangga quyib, har xo'plamini his qilib ichiladigan qahva. Har xo'plamdan lazzatlanadigan qahva.

— Maks Fray, "Qahva kitobi"

@panda_books
780 views18:02
Ochish/sharhlash