Get Mystery Box with random crypto!

Panda Books

Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books P
Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books
Kanal manzili: @panda_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Books & Book reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari.
Tijoriy hamkorlik va aloqa👉 @pandapochtabot
YouTube: tiny.cc/ytpb
Tiktok: tiktok.com/@pandareads
Inst: instagram.com/pandabooks2020

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-02-13 08:00:31
I'm having a sloth day!

#newbookmark

@panda_books
398 views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 19:21:33 Hm endi nima o'qisam ekan?

Any idea?

@panda_books
475 views16:21
Ochish/sharhlash
2021-02-12 17:50:48 ​​#taqriz

Qo'rqmaslikni o'rganing...

"Burchim va ajalim - millat uchun o'qimoq"

Javlon Jovlievning "Qo'rqma" asari haqida ilk bor do'stim Bookerbergning "Bookerberg View" podcasti mehmoni bo'lgan Firuz aka Allaevdan eshitgandim. U yaqin orada Asaxiy Books tomonidan o'zbek adabiyoti vakili nashrdan chiqishi va bu umuman boshqacha asar ekanligi haqida gapirib o'tgandi.

"Chiqsa, sotib olaman", - deb yurgandim, kutilmaganda yaqinda Asaxiy Books'ning o'zi menga sovg'a qilib qoldi. Bookblogerlarga bu asar sovg'a qilinishini ko'pchilik "piar" deb atagan bo'lsa-da, asar mutolaasi davomida bu unchalik ham to'g'ri emasligiga o'zingiz ham iqror bo'lasiz.

"Qo'rqma" asarini yozilish uslubi boshqa nasriy asarlardan tamoman farq qiladi. Unda she'riyatga bo'lgan intilish yaqqol seziladi. Matnlar oson o'qiladi, Tog'ay Murod romanlari kabi. Epizoddan epizodga, zamon va makon orasiga o'tishlar shunchalik kutilmagan va ta'sirliki, beixtiyor sizni o'ziga rom etadi.

Asar voqealarini spoyler qilmoqchi emasman, ammo bu asar 1920-yillarda Germaniyaga o'qishga yuborilgan 70 ta vatandoshimiz taqdiri haqida, ularing bosib o'tgan yo'li va hozirgi zamon yoshlari bilan qiyoslanishi to'g'risida. Oddiy, samimiy va xalqchil...

Kitobda ochiq yozilgan joylar bor, ammo aslo behayo emas. Asarda boshqalarga nisbatan qattiq-qattiq gapirilgan nuqtalar bor, ammo sira nafrat emas. Millat dardiga chindan kuyinish bor, lekin zinhor befarqlik emas. Asarda oldinga qo'yilgan bir maqsad uchun hayotdagi hammasidanda voz kechish bor, ammo aslo jinnilik emas!

Asar qahramoning ismini adashmasam, hech qaysi satrda o'qimadim. Bundan shuni tushundimki, asar qahramoni ayni bir inson emas, bu biz hammamiz, butun jamiyat bo'lishimiz mumkin. Kitob jamiyatimizdagi ko'plab muammolarga haqqoniy ko'zgu tutadi, ochiq va achchiq gapiradi, buyuk ammo soyada qolib ketgan tariximizni unutyotganimizdan uyalishga chaqiradi. Biz hali faxrlansak arziydigan bobolarimiz o'tganligini ta'kidlaydi.

Asar hamma uchun va shu bilan birga har birimiz uchun emas. Bu asarni eng avvalo talabalarga o'qishni tavsiya qilaman! Ularga hozirdanoq o'z oldlariga katta maqsadlar qo'yishni va bu orzularni amalga oshirish uchun qo'rqmaslikni o'rganishini tilab qolaman!

Qo'rqmaslikni o'rganing do'stlar, qo'rqmaslikni...

#qorqma #javlonjovliev

@panda_books
488 views14:50
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:00:02 Oruellning buyukligi shundaki, uning asarlari bosh qahramonlari o'zlarini ezayotgan Kuch (Katta Og'a yoki Napoleon)ga nisbatan ko'r-ko'rona ergashish ("Molxona") va nihoyatda kuchli qo'rquv ta'siri ostida ("1984") simpatiya uyg'onishini shunchalar real tasvirlab bergan.

@panda_books
458 views12:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 09:00:23 ​​#kitob #sovga #mutolaa #asaxiybooks Bilasiz, Panda Booksda doimo kitoblar sovg'a tariqasida ulashib kelinadi. Kitoblarni sovg'aga olgan insonlarning baxtiga sherik bo'lish qanchalik maroqli ekanligini yaxshi anglayman. Bugun esa kamina Pandaning o'ziga…
495 views06:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 07:46:59
Sartr bizni tushunganidek, hech kim bizni yaxshi tushunolmaydi,
Bizga jasoratni Xemingueydan boshqa hech kim o'rgata olmaydi.
Hech kim bizning sevgimiz haqida Remark kabi yoza olmaydi,
Bizning hislarimizni Borxesdan yaxshiroq hech kim bila olmaydi.

@panda_books
461 views04:46
Ochish/sharhlash
2021-02-11 18:00:01 "Qo'rqoqni tug'moqlik hali onalik emas."

"Qo'rqma" kitobidan

@panda_books
515 views15:00
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:27:02 Odamning ust-boshi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki qo'pol qilib aytganda, faqirligi - uning intellektual darajasini belgilab bermaydi. Masalan, yaqinda men o'zi hovlibon bo'lib ishlaydigan qariya amakining qo'lida Drayzerning kitobini ko'rib qoldim. Bir chekkada tinchgina o'tirib mutolaa qilardi. Yoki bo'sh vaqtida Tolstoyni o'qiydigan bitta tungi qorovulni tanirdim.

Aytmoqchimanki, asl faqirlik - bu kitob sotib olishga qurbi yetmaslik emas. Balki kerak bo'lsa, ming dona kitob olishga imkoni bo'lsa-da, biror marta uni ochib o'qimaslik - faqirlikdir.

@panda_books
548 viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2021-02-11 12:47:33 Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asarida bosh qahramonning uchta xonadoshi haqida so'z boradi: Qoravoy, Qiztaka va Telefonchi.

To'rttalasi ham xonadan chiqmasdan mudrab yotishadi. Go'yoki, komfort zonasidan chiqishdan qo'rqadigan, shuning uchun faqat uyquni tanlaydigan talabalar.

Qoravoy: uxlash va ovqatlanishdan tashqari soatlab vannada o'tirardi. Uning maqsadi oqarish. Buni men gunohga botgan, qilayotgan behuda ishlari tufayli kirlanib ketgan insonlarning poklanish uchun suvdan foydalanishiga qiyosladim. Qanchalik ko'p suvda o'tirsa, shuncha oqarishga umid qiladi. Aslida-chi? Qilingan gunohlarni, kirlarni suvga kirgancha yuvib tashlash mumkinmi?

Qiztaka: qizlardan boshqa dardi yo'q talaba. Bu ham nafsining quliga aylangan insonning ramzi. Hayotda hamma narsaga hirs ila qaraydi. Hayotining mazmuni nafsoniy hirslar. Bunday insonlar oramizda yo'qmi? Ular yuziga niqobni kiyib, o'zini oppoq ko'rsatishga urinishadi. Aslida nafsning haqiqiy qullari. Mana shu qahramon bilan nafsga qurbon bo'lmaslik darkorligini uqtirishga uringan yozuvchi.

Telefonchi: 24 soat telefonga tikilib o'tiradigan talaba. Atrofimizni o'rab olgan muhit haqida. Hozir hamma telefonga tikiladi. U ota-onasining-da telefon qilishiga jahli chiqadi. Tezroq o'chirsa-yu, tezroq o'yinini davom etsa. Asosiy maqsadi telefondagi o'yinni oxirgi marrasiga yetish. Hayotda shunaqa maqsaddan boshqasi qolmasligidan xudo saqlasin! Mudrab qolgan u. Yonib turgan ekrandan boshqa dardi yo'q. Atrofga loqayd. Muallif shu qahramon orqali ko'pchilikning yuziga oyna tutqazgandek bo'lgan.

Uchta qahramon qaysidir ma'noda atrofimizda uchraydi. Kitobni mutolaasi davomida ularni xayoldan o'tkazasiz. O'zi insof berib, to'g'ri yo'lga tushib olishini tilashdan boshqa iloj yo'q.

@marufjonblogi
484 views09:47
Ochish/sharhlash
2021-02-11 11:44:27
"Biz Xalqaro Mehribonlik kunini o'tkazib yuboribmiz" xo'rsindi Kichkina Ajdaho.

"Hammasi joyida" javob berdi Katta Panda, - "buni o'ylab o'zingni qiynama."

Darhaqiqat, kimgadir yaxshilik qilish uchun muayyan kunni kutish shart emas, shunchaki istak-xohishingiz ayni lahzalarda amalga oshirishga harakat qiling.

#bigpandaandtinydragon

@panda_books
511 views08:44
Ochish/sharhlash