Get Mystery Box with random crypto!

​​Maks Fray sevgi va qahva haqida. Espresso - bu hayot. Achch | Panda Books

​​Maks Fray sevgi va qahva haqida.

Espresso
- bu hayot. Achchiq, lekin tetiklantiruvchi. Birinchi qultum yoqimsiz bo'lib tuyulishi mumkin, lekin finjoningni tugatgandan so'ng, yana bitta xohlaysan. Lekin hamisha, yana bittaga vaqt yetmaydi.

Kapuchino - bu oshiqlik. Avvaliga biroz taxir, keyin shirin va yengil, yuqorisida bir xil hayot. Shirin va taxir bo'lgan payti - bu eng a'lo payti. Aytgancha, ko'pikni ichish emas, yeyishing mumkin, bu narsa juda kam odamning hayoliga keladi. Ko'rinib turibdiki, bularning bari uyg'unlikda afzal.

Latte - bu orzular, umid suti bilan suyultirilgan espresso va ko'pik, esladingmi? Kappuchinoda keladigan ko'pik. Ammo dolchin yo'q, vaqtni his qilishga imkon beradigan taxirlik ham yo'q.

Bundan tashqari, mokko - issiq shokoladli qahva ham bor. Mokko - bu melanxoliya. Quyuq va cho'ziluvchan. Ammo hatto mokkoda ham sut bor. Va yana masalan, espressoda topa olmaydigan shirinlik ham bor. Sen buni darhol sezmaysan va har safar nima uchun aynan mokkoni buyurtma berganingni tushunmaysan. Eng shirin joyi keladigan paytdagina buni eslaysan.

Ayrish "irlandcha qahva" - bu ehtiros. Qayeridadir, eng tubida esa alkogol. Agar qahva to'g'ri tayyorlangan bo'lsa, uni aralashtirishganingda mutlaqo sezilmaydi. Lekin baribir mast bo'lasan. Aytgancha, yomon espressodan ko'ra, yomonroq faqat yomon ayrish bo'lishi mumkin.

Ristretto? Ristretto - bu o'lim. Bu qachonki butun hayot - bir qultumda. Ichasan, hisobni so'raysan va ketasan. Odatda shunday bo'ladi.

- Sevgichi? Haqiqiy sevgi?

- Haqiqiy sevgi - bu ertalab uyda tayyorlanadigan qahva. Yangigina maydalangan, yaxshisi qo'lda. Dolchin, muskat yong'og'i va kardamon bilan. Qahva toshmasligi uchun yonida qarab turishing kerak, aks holda ta'mi albat yomonlashadi. Uning uch marta ko'tarilishiga qarab turish, so'ngra bir qoshiqdan sovuq suvni qahva idishga quyish, ko'pirguncha bir necha daqiqa kutib turish kerak. Sevgi - bu sen har kunlik o'zingning eski, qadrdon chashkangga quyib, har xo'plamini his qilib ichiladigan qahva. Har xo'plamdan lazzatlanadigan qahva.

— Maks Fray, "Qahva kitobi"

@panda_books