Get Mystery Box with random crypto!

Panda Books

Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books P
Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books
Kanal manzili: @panda_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Books & Book reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari.
Tijoriy hamkorlik va aloqa👉 @pandapochtabot
YouTube: tiny.cc/ytpb
Tiktok: tiktok.com/@pandareads
Inst: instagram.com/pandabooks2020

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-24 17:36:15 Gazeta

Oramizda gazeta o'qiydiganlar bormi? Jurnal emas, aynan gazeta.

Qog'oz variantida. An'anaviy, o'zimiz bilgan gazetalar. Qancha vaqtdan o'qib turasiz, foydalimi? Misol, kim qaysi gazetani o'qiydi?

@panda_books
809 views14:36
Ochish/sharhlash
2022-08-24 15:37:11 ​​#podborka

Toshkentdagi dars qilish va kitob o’qish mumkin bo’lgan joylar bilan bo’lishmoqchiman.

1. Bookcafe – Westminster universiteti oldida joylashgan va Toshkentdagi eng birinchilardan bo’lib ochilgan bookcafe, kitoblar bilan to’la, kichik ammo juda shinam.

2. Topar.uz – Buyuk Britaniya elchixonasi oldida joylshgan. Ochilganiga (avval faqatgina showroom bor edi) ko’p bo’lmagan kitob magazinning -1 qavatida kitob o’qish uchun shinamgina joy mavjud. Kitob o’qish va dars qilish uchun sokin joy.

3. Moida by Azon – Milliy bog’ metro bekatida joylashgan. Juda tinch maskan. Ayollar va erkaklar alohida joylarda o’tirishadi (agar ayni shunday joy kerak bo’lsa, bemalol boravering).

4. B&B – men Fransuz elchixonasi oldidagi filialiga deyarli har kun boraman. Soatlab dars qilish, kitob o’qish mumkin. Juda tinch, ishchilar xushmuomala.

5. Turon kutubxonasi – G’afur G’ulom metro bekati oldida. Bu kutubxonani boshqalaridan farqi, sizni xuddi teroristni tekshirgandek tekshirmaydi. O’zingizni uyingizdagidek his qilib ishingizni qilaverasiz.

Yoqimli mutolaa va dars qilish.
@mahinsworld
699 views12:37
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:56:29 #haqida

"Oq oltin" haqida

Paxta suvga chanqoq ekin hisoblanadi. 1930-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab paxta ekiladigan maydonlari hajmi deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, o‘shandan buyon paxta yetishtirish 3 baravar oshdi. Xuddi shu davrda ekinning suv iste'moli 6 baravar ko'paydi.

1 kg paxta yetishtirish uchun 8500 litr, 1 kg guruch ishlab chiqarish uchun 3000 l., shuncha makkajo‘xori yetishtirish uchun 1350 l. yoki shuncha bug‘doy uchun 900 litr suv talab etiladi. G‘o‘za yetishtirishdagi suv sarfi o‘simlikni sug‘orish bilan tugamaydi.

Jahon insektitsid (kimyoviy preparatlar) bozorining qariyb 24%i paxta yetishtirish uchun ishlatiladi, bu esa suv ta'minotini ifloslantiradi. G‘o‘zaga qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itning taxminan 1/5 qismi atmosfera, yer osti suvlari yoki yer usti oqimi orqali tuproqqa o'tadi. Azot nafaqat suv o'tlarining gullashi paytida baliqlarni o'ldiradi, balki mahalliy ichimlik suvini tozalash xarajatlarini ham karrasiga oshiradi.

Hali bu faqat daladagi paxta uchun. Agar gazlamalarni qayta ishlash, bo‘yash va pardozlash uchun sarflanadigan suvlarni ham hisobga oladigan bo‘lsak, atigi bir juft jinsi shim ishlab chiqarish uchun 20.000 litr suv kerak bo‘ladi, bu esa 1 kishining bir yil davomida non bilan ta'minlashga yetafigan miqdorda bug‘doy yetishtirishga yetadi.

Sofi Tanxauer, "Worn" kitobidan

@panda_books
874 views10:56
Ochish/sharhlash
2022-08-24 12:47:33 #tavsiya

Ushbu videoga e'tibor bering. Oddiy uy bekasi, minimal uslubda yasatilgan go'zal dasturxon va sokin musiqa. Shuncaki yarim soatlik kitob mutolaa qilingan ushbu video 1 mln marta ko'rilgan. Nega?

Psixolog Sara o'zbek uy bekalariga qiziqarli tavsiya ulashibdi. Oddiy uy ishlarini qilib, videoga olasiz va montaj qilib YouTube yoki tiktokka joylaysiz, Media kontent tayyor:)

Uning fikrlariga qo'shilaman. Chindan insonlarga hozir shunga o'xshash depressiyadan qutqaradigan, tinch-sokin videolar zarur. O'zim ham ba'zan ASMR yoki sokin videolarni ko'rishni istayman.

Yaqinlaringizga shu g'oyani tavsiya qiling yoki o'zingiz ham boshlashiz mumkin. Agar allaqachon uzbek media kontentida shunaqa kontentlar bo'lsa, iltimos izohlarda ulashing.

@panda_books
793 views09:47
Ochish/sharhlash
2022-08-24 11:05:37 34 haftada 28 ta kitob o'qib tugatibman. Yana 2 tasini o'qiyapman. Kitoblar orasida hajmi 400 varaqdan kattalari ham, kichikroqlari ham bor. Tezlik o'tgan yilgidan sekinroq, lekin kitoblar darajasi birmuncha yaxshiroq. (#review)

Men yilboshida 52 haftada 52 ta yaxshi kitob o'qib tugatishni o'ylagandim. Yil o'rtasiga kelib esa bu fikrimni biroz o'zgartirdim. Chunki kitobni oxirigacha o'qib tugatishim uchun u menga manzur bo'lishi, o'ylantirishi, yangi hissiyot bera olishi kerak. Hozirgacha o'qiganlarimdan shu narsalarni ola bilganman. Natijada shunchaki boshlamaganlarim, biroz o'qib tark etganlarim juda ko'p. Ularga sira achinmayman.

Bookblogimga ham imkon qadar eng manzurlarini, eng yaxshilarini chiqarishga harakat qilaman. Hamisha aytganimdek: "Dunyoda yomon kitoblar ko'p, shuning uchun faqat yaxshisini tanlash kerak".

Xullas, Panda Books'da shunday ajoyib kitoblar haqida yozishimdan faxrlanaman. O'zimga qoyil!

p.s: sovub qolgan qahvadan ichib, kichik xulosalar yozilgan post.

@panda_books
821 viewsedited  08:05
Ochish/sharhlash
2022-08-24 07:37:35
@panda_books
811 views04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-24 07:35:06
Joriy yilda OTMlarga jami 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent testga kiribdi. Ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play olmabdi. 56 ball? Buni to'plash uchun nechtadan nechta yechish kerak?

Majburiy mehnat yo'qolganiga mana 6 yildan oshyapti. Imtihon savollari va jarayonlari ham yildan-yilga osonlashyapti. Internet materiallar, repetitorlar har qadamda. Qiziq, unda muammo nimada?

Dunyoda bizchalik o'qish uchun repetitorlarga qatnab kiradigan davlatlar sanoqli o'zi. Shundayam natija shunaqa. Ta'limda muammolar uchun ko'zgu bu natijalar.

Kanalda bekorga kitob o'qing demayman.

@panda_books
1.0K views04:35
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:59:36 #youtube_tavsiya

Political correctness nima?

Tasavvur qiling, siz kichkina bolasiz. Aytalik, siz otangiz bilan buvingizni ko'rishga borishingiz lozim. Shartli ravishda, otangizni An'anaviy avtoritarizm desak u tahminan shunday deydi: "Sen buvingni ko'rishga borishing shart. Sen bu haqida njma deb o'ylashing meni qiziqtirmaydi. Borishing shart, tamom!".

Endi otangiz post-modernistik non-avtokrat bo'lsa, u taxminan shunday deydi: "Buving seni qattiq yaxshi ko'rishini bilasan, lekin shunday bo'lsa ham men seni uni ko'rishga borishga majburlamayman. Sen uni o'zing mustaqil qaror qabul qilganingda bajarashing mumkin".

Faylasuf Slavok Jijek ayniqsa ikkinchi holat ko'proq totalitar ekabligini ta'kidlaydi. Chunki birinchi holatda otangiz sizni nima bo'lganda ham, borishingiz shart ekanligini ta'kidlasa, ikkinchi holatda ota farzandiga tashrif buyurishni sevishni talab qiladi.

Politcal correctness – bu eng avvalo nosamimiylik, notabiiylikdir. U asosan kimnidir shaxsiy fikrini keng ommaga, birinchi navbatda sizning shaxsiy chegarangizga majburlab tiqishtiradi. Bu o'zlarini shaxsiy fikri bo'lsa-da, majburan Black Lives Matter kabi shiorlar uchun tiz cho'kib o'yinni boshlaydigan futbol o'yinlari yoki turli jinsiy orientatsiyali insonlarni zamonaviy film va seriallarga majburan tiqishtirish ham misol bo'la oladi.

Aslida o'zimizni Bobillik do'stim ushbu videoni tavsiya qilgandi. Men ham uni sizlar bilan ulashmoqdaman. Uni ko'rib, nega hindular boshqalar ularni Native Americans termini bilan atashlaridan nafratlanishlarini ham bilib olishingiz mumkin.





@panda_books
862 views12:59
Ochish/sharhlash
2021-02-14 05:00:06 ​​Bugun buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining tavallud topgan kunlari hisoblanadi. Shuningdek bugun yana bir bayramni nishonlaymiz!!! Yo'q, yo'q, yo'q) siz o'ylagan bayram emas! Aslo!

Bugun 14-fevral "Xalqaro Kitob ulashish kuni" ekan!!! Bu kun katta kishilar bolalarga kitoblar sovg'a qilishi va ularni mutolaaga oshno qilishini ulug'lash maqsadida nishonlanadi.

Uning asoschisi amerikalik oddiy inson Emmi Brodmurdir. Va bu bayram ancha yangi bo'lib, ilk bora 2012-yil onlayn tarzda o'tkazilgan.

Xullas, Happy Bobur and Book Giving day!!!

#boburday #bookgivingday

@panda_books
269 views02:00
Ochish/sharhlash
2021-02-13 10:30:13
#kitob #mutolaa

Navbatdagi kitob — "Omma psixologiyasi"

Gustav Lebonning ushbu mo'jazgina kitobi o'zbek tilida nashrdan chiqqaniga ancha bo'lgan bo'lsa-da, varaqlab chiqishga hech vaqt bo'lmayotgandi. Endi weekend'da o'qishga rejalashtirilgan kitob aniq bo'ldi.

Tepadagi post kommentlarida tavsiya etilgan yaxshi kitoblar uchun barchangizga tashakkur! Hammangiz Top

Yoqimli mutolaa!

#ommapsixologiyasi

@panda_books
362 viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash