Get Mystery Box with random crypto!

Panda Books

Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books P
Telegram kanalining logotibi panda_books — Panda Books
Kanal manzili: @panda_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.45K
Kanalning ta’rifi

Books & Book reviews
Zamonaviy mutolaa repertuari.
Tijoriy hamkorlik va aloqa👉 @pandapochtabot
YouTube: tiny.cc/ytpb
Tiktok: tiktok.com/@pandareads
Inst: instagram.com/pandabooks2020

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2021-02-10 16:09:31
#sovgalarim #kitob
#GiftFromPandaBooks

Tanlovimizning yana bir g'olibiga sovg'amiz yetib boribdi. Uraa!

Olloh xayrli qilsin! Yoqimli mutolaa tilayman!

Kitob mutolaasidan hech qachon charchamang!


@panda_books
530 viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2021-02-10 10:01:16 ​​"Dunyoga Mashhur Zamonaviy Yozuvchilar"
Rukni XII soni

Gregori Devid Roberts

Avvalgi sonlarda
Frederik Bakman // Kazuo Ishiguro // Markus Zusak // Erlend Lu // Xaruki Murakami // Giyom Musso // Nil Geyman // Joan Kate Rouling // Jojo Moyes // Den Braun // Paolo Koelo

Biroz sirli biografiyaga ega bo'lgan yozuvchi o'zining ko'p qirraliligi va zulmat ichra yorug'likni izlagani uchun "XXI asr Dostoevskiysi" deb nom olgan. Ekzotik tafsilotlar va kuchli shaxslarni ulug'lash sifatlari uchun esa yozuvchi Ernest Xeminguey bilan taqqoslanadi.

Gregori Jorj Smit 1952-yil iyun oyida Avstraliyani Melburnida tug'ilgan. Doimiy oilaviy inqirozlardan so'ng, bo'lajak yozuvchi geroinga qaram bo'lib qoladi va talon-toroj qilish yo'li bilan giyohvand moddalar uchun mablag topadi. Ammo o'g'rilar ichida oliyjanobligi bilan nom qozonadi.

1978-yilda Gregori 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi, ammo 2 yildan so'ng u qochishga va Yangi Zelandiya orqali Hindistonga uchishga muvaffaq bo'ladi, uning ushbu sarguzashtlari o'zining "Shantaram" romanida tasvirlangan. (Unga yozgan taqrizim shu yerda) Yozuvchi biografiyasining haqiqiy tafsilotlari asarlardagi epizodlar bilan chalkashib ketgan va haqiqat qayerda, fantastika qayerda ekanligini aniqlash osonmas.

1990-yilda Gregori Frankfurtda geroin olib kirishga uringani uchun hibsga olingan va qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu orada u o'zining ilk romanini yozishga kirishadi. Roberts taxallusini olgan Smit roman yozish davomida giyohvand moddalardan halos bo'lsa, jamiyat va ota-onalar oldida o'z aybini yuvib, odamlarga nur keltirishi mumkinligini anglab yetadi.

Garchi qo'lyozma qo'riqchilar tomonidan ikki marta yo'q qilingan bo'lsa-da, yozuvchi ularni kechirgan. 1997-yilda Gregori Devid Roberts ozod qilinadi va "Shantaram" ustida ishlashni davom ettiradi, uni yozish uchun roppa-rosa 11 yil kerak bo'ladi. 2003-yilda esa roman nashrdan chiqariladi.

Robertsning bibliografiyasida 2 ta roman mavjud bo'lib, ularning har biri yozish uchun 11-12 yil sarflangan. "Shantaram"ning davomi bo'lgan "Tog' soyasi" 2015-yilda ingliz tilida chop etiladi.

Yozuvchi intervyularida roman voqealari haqqoniy, personajlar esa xayoliy ekanligini ta'kidlaydi. Kitoblarning har birining g'oyasi ostida yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi yotadi. "Shantaram"da asosiy qoralanga illat mag'rurlik bo'lsa, ulug'langan asosiy fazilat rahmdillikdir.

Shaxsiy hayoti sirlarga boy yozuvchining rafiqasi "Hindiston uchun umid" xayriya jamg'armasining prezidenti, Ruminiya taxti merosxo'rining sobiq rafiqasi bo'lmish Fransuazu Styurds hisoblanadi.

Robertsning so'zlariga ko'ra, u Bombeydagi hashamatli mehmonxonada yashaydi, Madonna va "Shantaram" filmini suratga oladigan Jonni Depp bilan do'stligini aytadi, chekmaydi, ichmaydi va giyohvand moddalarni iste'mol qilmaydi.

2014-yilda muallif intervyu berishga va avtograf berishga vaqt topolmasligini ommaga e'lon qildi va jamoat hayotidan uzoqlashdi. Hozir Gregori bilan nima yuz berayotgani noma'lum: u hech qanday ijtimoiy tarmoqlarda yo'q.

Uning romanlaridan iqtiboslar:
- "Siyosatchi - bu daryo bo'lmagan joyda ko'prik qurishni va'da qilgan kishidir".

- "Taqdir har doim senga ikkita muqobil variantni taklif qiladi - birinchi sen tanlashing kerak bo'lgani va qaysiki ikkinchisi sen tanlab bo'lganing".

- "Insonni yomonlik qilmaslikka majburlash mumkin, lekin uni hech qachon yaxshilik qilishga majburlay olmaysiz".
@panda_books
557 views07:01
Ochish/sharhlash
2021-02-10 08:00:41 ​​Bill Geytsdan 5 ta ajoyib kitob tavsiyasi

1. "Hayot haqida savol"
.
Ushbu kitob muallifi Nik Leyn taniqli ingliz biokimyogari. U London universiteti kollejida ilmiy-tadqiqot bilan shug'ullanadi. Kitobda olim energiya va genlar o'rtasidagi munosabatni o'rganadi. Asarda juda ko'p qiziqarli mavzular ko'tarilgan va ulardan biri fanning eng buyuk siriga bag'ishlangan: Yerda hayot qanday paydo bo'lgan Leyn juda murakkab narsalarni sodda va ommabop tarzda tushuntiradi. "Ushbu kitob muallifi shunchalik maroq bilan yozadiki, siz undan qochib qutula olmaysiz", - deydi Geyts.

2. "Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi".
Muallif Yuval Noy Xarari Isroil harbiy tarixchisi, o'rta asrshunos, Quddusning Ibroniy universiteti tarix professori. Bestsellerga aylangan ushbu kitobda tarixchi insoniyat tarixini tosh davridan to XXI asrgacha o'rganadi. Olim Homo sapiens hukmronligiga sabab sifatida ularning bir-biri bilan samarali hamkorlik qila oladigan yagona tur ekanligini keltiradi. Garchi Geytsning o'zi, shu jumladan men ham, kitobning ba'zi joylariga mutlaqo qo'shilmasam-da, unda inson tarixini tushunishga imkon beradigan faktlar mavjuddir.

3. "Qanday hech adashmaslik mumkin. Matematik fikrlash qudrati".
Ushbu kitob muallifi Jordan Styuart Ellenberg amerikalik matematik va Viskonsin-Medison Universitetining matematika professori. Aytgancha, u vunderkind va ikki yoshida "Sezam ko'chasi" degan bolalar shousini tomosha qilib o'qishni o'rgangan. Buni onasi tasodifan bilib qoladi, u bilan birga mashinada ketayotganida, to'satdan Jordan: "Betes shahriga yetib borish uchun yo'l belgisida o'ng tomonga buriling deb yozilgan", - deydi.

Geytsning so'zlariga ko'ra, ushbu kitob "bizning kundalik hayotimiz asosida yotadigan matematik bo'lmagan tizimlarning ko'pchiligi aslida chuqur matematik ekanligi haqida hikoyalar seriyasidir. Faqat odamlar to'g'ri savollar berishni o'rganmagunlaricha buni qo'llay olmaydilar." Bu asarni o'qib chiqish uchun matematikani sevish shart emas. Bill Geyts muallifning "murakkab, tushunarli va hatto ba'zan kulgili" tarzda o'ta murakkab mavzularda yozish qobiliyatini ta'kidlaydi.

4. "Raqobatlashish qobiliyati".
Kitob mualliflari ota-bola Ryoichi Mikitani, Xiroshi Mikitani Yaponiyadagi eng yirik, dunyoda esa uchinchi eng yirik elektron tijorat kompaniyasi 'Rakuten'ning asoschilari hisoblanishadi. Asarda Yaponiyaning iqtisodiy farovonligi iqtisodchi va tadbirkor ko'zi bilan tahlil qilinadi. Ota-bola mamlakatning asosiy muammolarini (iqtisodiyot, ta'lim tizimi, davlat infratuzilmasi) o'rganishadi va ularga turli xil yechimlarni taklif etishadi.

5. "Seveneves".
Ushbu kitob muallifi Nil Taun Stivenson - amerikalik ilmiy-fantast yozuvchi. Uning mashhur "Seveneves" romani global falokatni tasvirlash bilan boshlanadi: Oy portlaydi... Hamma hayratda: bundan keyin nima bo'ladi? Insoniyatni qutqarish uchun barcha dunyo rahbarlari birlashadilar. Ularning vaqti esa juda oz... Kitob haqiqatan ham fantastika janrining haqiqiy marvaridi. Zero, shunday mavzudagi kitobni kimsan Bill Geytsning o'zi tomonidan tavsiya etilayotgani ham ko'p narsani anglatadi.

Xulosa o'rnida aytib o'tmoqchimanki, sizning qiziqishlaringiz Bill Geytsning tavsiyalari bilan mos keladimi yoki yo'q, bu unchalik qo'rqinchli emas, muhimi ushbu kitoblar e'tiborga arzishida. Ayniqsa, Geyts kitob tanlash - qandaydir ilm-fan yoki hisob-kitoblar bilan boshqarilmasligini ta'kidlaydi. Men bunga yuz foiz qo'shilaman. Eng muhimi, o'sha tanlagan kitoblaringiz sizni yangitdan o'ylashga undashi lozimligida.

#tavsiya #billgeyts

@panda_books
564 views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-10 05:05:49
Ayni damdagi kayfiyatim:

Hafta oxirida Xogsmiddagi qadrdon "Uch supurgi" qovoqxonasida do'stlarim bilan qaymoqli pivo sipqorgancha, Quidditch bo'yicha Ravenclaw va Griffindor o'yini haqida bahslashib, "Sehrli damlamalar" fanidan ko'p topshiriq berilganidan shikoyat qilib o'tirishni istardim...

Faqat shu.

@panda_books
561 views02:05
Ochish/sharhlash
2021-02-09 21:50:37 https://t.me/mohimsblog/4474

Qadrli Mohim, men siz bilan! )

Rostan aslini olganda, kitob o'qish yo bo'lmasam biror bookbloglarda bo'layotgan kitob muhokamalarida qatnashish sizdan uncha ko'p vaqt olmaydi. Aksincha, bu juda zavqli jarayondir!

Bizning davrimizda bir joyda turib qolish juda oson. Chalg'ituvchi narsalar serob. Vaqt sizni ramkaga solib qo'yishiga yo'l qo'ymaslik muhim!

Mohim aytganidek O'zingdan kuchlilar bilan bo'l. Muhitni topolmasang, o'zing yarat.

@panda_books
564 views18:50
Ochish/sharhlash
2021-02-09 11:59:06
#baytchallenge

Bugun 9-fevral, O‘zbek xalqining buyuk farzandi, yirik mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun!

Shu sababdan ulug' shoirimizning sizga manzur bo'lgan eng yaxshi baytlarini izohlarda yozib qoldiring!

#baytchallenge biz ham o'z hissamizni qo'shaylik!

@panda_books
614 views08:59
Ochish/sharhlash
2021-02-08 17:00:21
#tavsiya
Hajmi 300 varaqdan kam bo'lgan 5 ta yaxshi kitob

Kichik hajmli kitoblar o'qishni istaganlar uchun yaxshi yanglik. Jumladan, kanalda kitob o'qishga yaqindan boshlab qiziqa boshlagan insonlar bo'lishi mumkin. Yoki sizning yaqinlaringizdan kimdir sizga havas qilib, yaxshi bir kitob mutolaa qilishni istab qolgandir. Agar boshidan ularga o'qish uchun qalin-qalin kitoblarni ko'rsatsangiz, ularning hafsalalari biroz cho'kishi aniq.

Shu sababli ham bugun hajmi kichik bo'lsa-da, ammo ma'nosi uncha-muncha katta romanlardan teranroq bo'lgan 5 ta kitobni tavsiya qilmoqchiman. Bular:

“Oqcharloq jonatan Livingston”Richard Bax.
“Chol va dengiz”Ernest Xeminguey
"Morrining seshanba darslari" — Mitch Elbom.
"Buyuk Getsbi" — F.S.Fitsjerald
"Men Malalaman" — Malala Yusufzoy

Tavsiyaviy mutolaa!

@panda_books
665 viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-02-08 12:30:02
Siz kitob o'qish jarayoningiz yon-atrofdan qanday ko'rinishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Bu tahminan quyidagicha sodir bo'ladi:
Siz shunchaki bir joyda tek qotgancha, soatlab qora chiziqlar bosilgan qandaydir qog'oz parchasiga tikilib o'tirasiz, biroq ko'z oldingizda boshqa ulkan olam namoyon bo'ladi...

@panda_books
864 views09:30
Ochish/sharhlash