Get Mystery Box with random crypto!

#haqida Bundan 20 yilcha oldin oddiy o'zbek ayoli Rossiyaga | Panda Books

#haqida

Bundan 20 yilcha oldin oddiy o'zbek ayoli Rossiyaga ishlashga borib, kutilmaganda u yerda o'zining ilk kitobini nashr ettiradi. Yulduzga aylanadi va so'nadi. Dardli hayot so'qmoqlari haqida

Yozuvchi Bibish

Haqiqiy ismi - Xojarbibi Siddiqova bo'lgan bu ayol 1965-yilda Xiva yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan. Bibishni ona qishlog‘ida sevishmasdi. Qiz badiiy, chiroyli va iste'dodli edi. Raqqosa edi.

U Toshkentda oliy taʼlim olib, turkman yigitga turmushga chiqadi va ikki farzand dunyoga keltiradi. Oradan 10 yil o‘tib, Bibishlar oilasi Rossiyaning Vladimir shahriga ko'chib o'tadi. Oilaviy kiyim bozorida savdo qilishadi.

Ketma-ket muammo va musibatlar, ayniqsa, eri bilan janjallar Xojarbibini turmush o‘rtog‘idan qochib Sankt-Peterburgga ketishga majbur qiladi. Bu yerda u o'zining birinchi kitobini yozadi, uning asosida esa butun hayoti yotardi.

2004-yilda "Azbuka" nashriyot uyi uning "Танцовщица из Хивы, или История простодушной" kitobini nashr etadi. Asari chiqqanidan keyin Rossiyadagi eng mashhur insonlardan biriga aylangan. O'sha yillarda deyarli barcha adabiy mukofotlarni nomzod bo'lgan va romani rus bestselleri bo'ladi. Tanqidchilar asar haqida "kashshof aqlning ishi emas, balki tanadan uzib olingan parcha" deyishadi. Bir kechada noma'lum ayol barcha radio va teledasturlarning yulduziga aylanadi.

Afsuski, eri gonorar pullarini qimorga tikib yuboradi. Ichishni boshlaydi. Natijada Xojar eridan ajrashadi. Uning yulduzlik davrlari qanday tez kelgan bo'lsa, shunday tez so'nadi.

Yangi kitoblar yozadi. Ikkinchi kitobi ham nashrdan chiqadi, ammo shu bilan u adabiy olamdan chiqib ketadi. Bu haqida u bilan suhbatlashilgan ikkita intervyu ko'proq ma'lumot beradi. 1-intervyu va 2-intervyu

“Bitta cho‘lda bitta daraxt o‘sar va uni tagida bitta odam yashardi. Kunlarning birida u o'zi uchun velosiped yasashga qaror qiladi. Romini o'sha daraxtdan ishlaydi. Keyin shaharga yo'l oladi. U yerda hamma unga qarab hayron bo'lishadi: "Voy, sizda qanday g'ayrioddiy, yog'och velosiped bor ekan", deya uni olqishlashadi. Ammo keyin ular yana yo'llarida davom etishadi. O'sha odam atrofga qarasa, barcha haqiqiy temir mashinalar haydashayotganini ko'radi. Yog‘ochdan yasalgan velosiped esa allaqachon hech kimga kerak emasdi”. Bibish ham o'zini avvaliga hamma maqtab, keyin unutib qo‘ygan yog'och velosiped ustidagi o‘xshatadi.

Bilmadim, hayot davom etaveradi. Yozuvchilar so'nib-chaqnab yuradilar. Ba'zan iqtidorlar biz aslo kutmagan joylardan chiqadi. Qachondir nasib qilib Moskva taraflarga o'tsam, Bibishning kitoblaridan kutubxonamga olib kelishni o'ylab qo'ydim. Sizchi, Bibish haqida eshitganmidingiz?

@panda_books