Get Mystery Box with random crypto!

#haqida Milliy Bog' Bugun bir necha yildan beri yopiq turgan | Panda Books

#haqida

Milliy Bog'

Bugun bir necha yildan beri yopiq turgan poytaxt bog'laridan biri – Milliy Bog' ochilgani haqida eshitdim. Kechki sayrda qadrdon bog'ga qaytib bordim. Va albatta, ko'lni ko'rishga.

O'zgargan. Yaxshi tarafga. Shinam, yam-yashil maysalar, imkon qadar odamlarni bezdiradigan attraksionlar va binolardan holi (narigi tarafdagi Magic'ga salom!) Ishchilar uchun maxsus uniformalar qilinibdi. Yana manzur bo'lgani bog' toza va obod.

Yaqin orada ijtimoiy loyihalardan bu darajada xursand bo'lmagandim. Milliy bog' qaytganidan xursandman. Barchani sayrga taklif qilaman. O'sha eski paytlardagidek.

@panda_books