Get Mystery Box with random crypto!

Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga sa | Fan olimpiadalari

Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep