AZIZ TUMANDOSHLAR! Ertaga – 29 sentyabr kuni 7-umumtaʼlim mak | Narpay.uz | Rasmiy kanal
AZIZ TUMANDOSHLAR!
Ertaga – 29 sentyabr kuni 7-umumtaʼlim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashining “Paxtakor ovozi” gazetasining 90 yilligi oldidan adabiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda gazeta tarixi va buguni haqida ijodkorlar bilan suhbat, shu kabi sheʼrxonlik mushoirasi uyushtiriladi.
Barcha adabiyot ixlosmandlarini tadbirda ishtirok etishga chaqiramiz.
Manzil: Obi hayot mahallasi, 7-umumtaʼlim maktabi. ________
АЗИЗ ТУМАНДОШЛАР!
Эртага – 29 сентябрь куни 7-умумтаълим мактабида халқ депутатлари туман Кенгашининг “Пахтакор овози” газетасининг 90 йиллиги олдидан адабий кеча бўлиб ўтади.
Тадбирда газета тарихи ва бугуни ҳақида ижодкорлар билан суҳбат, шу каби шеърхонлик мушоираси уюштирилади.
Барча адабиёт ихлосмандларини тадбирда иштирок этишга чақирамиз.