Get Mystery Box with random crypto!

Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur qarorga ko’ra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida bo’yicha, grant kvotalari allaqachon Prezidentga kiritilgan bo’lishi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan o’z vaqtida kiritishgan bo’lsa).


@xushnudbek