Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti Fizika fakultetida 'Akademik va t | Namangan davlat universiteti 🇺🇿



Namangan davlat universiteti Fizika fakultetida "Akademik va talabalar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Xabaringiz bor, bugun viloyatimizda "FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy Konferensiyasi doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalrining olimlari tomonidan yaratilgan ixtirolar va ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Mazkur Konferensiyada ishtirok etish uchun O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademiklari, yetakchi olimlar va fan arboblari ayni kunlarda Namanganda bo’lib turibdilar.

Namangan davlat universiteti Fizika fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Baxramov Sagʻdulla Abdullayevich bilan "Akademik va talabalar" uchrashuvi boʻlib otdi.

Uchrashuvda Akademik Baxramov Sag'dulla Abdullayevich talabalarga:

Yurtimizda ilmiy tadqit ishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar;

Fargona vodiysida fan va texnologiyalar rivoji uchun qilinayotgan ishlar;

Akademiklik darajasiga erishgunga qadar amalga oshirgan ishlari;

Hamda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga Akademikdan atroflicha javob olishdi.

Uchrashuv soʻngida Akademik Baxramov Sag'dulla Abdullayevichga Fizika fakulteti Fizika kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori Bahromjon Abdulazizov fakultet nomidan ushbu oʻtkazilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, fakultetning esdalik sovg`asini topshirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook