Get Mystery Box with random crypto!

13 - may kuni Namangan Davlat Universitetida IT forum o'tkazil | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

13 - may kuni Namangan Davlat Universitetida IT forum o'tkazildi.

Forumda IT Park umumiy faoliyati, IT Park rezidenti bo'lishning afzalliklari hamda IT Parkda ta'lim olish, qanday imkoniyatlarga ega bo'lish va Xalqaro IT sertifikatlarni qo'lga kiritish va sarflangan mablag'ni 50 foizgacha qaytarib olish haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Qolaversa IT Bilim va uning qulayliklari, ya'ni IT mutaxassisi bo'lish uchun muddatli to'lov asosida ta'lim olish va to'lovni o'quv kurslarini tamomlab ishga joylashish uchun berilgan 2 oylik imtiyozdan so'ng amalga oshirish to'g'risida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, forum qizg'in va a'lo kayfiyatda o'tib, tadbir qatnashilari qiziqqan savollariga IT Park Namangan filiali mas'ul xodimi tomonidan to'liq javob olishdi.

TELEGRAM | INSTAGRAM