Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Test natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-son qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube