Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 169.84K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 88

2022-11-19 13:35:25
Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

Buning uchun haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lashi lozim.

My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

@MyGovUz | @eGovUz
3.5K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-11-19 07:09:59
Faol talabalarga – aqlli sovg‘alar! (video)

Insoniyat kelajagi haqida gapirilganda, so‘z aynan talaba-yoshlar haqida ketadi. Bu bejizga emas. Ertangi kunga qay yo‘ldan ketish, insoniyatning yangi yutuqlarga erishishi aynan ularga bog‘liq.

17-noyabr, Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda yurtimizning aloqa sohasi tarkibidagi universitetlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Yuqorida ushbu uchrashuvlardan maxsus reportajni tomosha qiling.

@eGovUz | @MyGovUz
1.8K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-11-18 15:36:22
Hurlik va tinchlik timsoli qabul qilingan kun muborak, ona xalqim!

Bugun davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganiga roppa-rosa 31 yil toʻldi.

C днем принятия символа чести и мира, Родина моя!

Сегодня исполнился ровно 31 год с момента принятия флага нашей страны.

Happy day of accepting the symbol of honor and peace, my Motherland!

Today marks exactly 31 years since the adoption of the flag of our country.

@eGovUz | @MyGovUz
2.5K views12:36
Ochish/sharhlash
2022-11-18 08:49:37 Suv hisoblagichini yechib olib qo‘yishga to‘g‘ri kelsa...

Ba’zan uyimizni ta’mirlayotganda, qayta qurayotganda yoki boshqa sabablar tufayli ichimlik suvi hisoblagichini yechib olib qo‘yishga, joyini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Avvallari bu kabi vaziyatlarda bir qancha hujjatlar to‘plab, tegishli tashkilotlarga ovora bo‘lib borilardi.

Hozir esa buni my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda onlayn hal qilish mumkin.

Xizmat mutlaqo bepul, eng muhimi, qulay va oddiy.

Batafsil videoyo‘riqnomada tanishing:

@MyGovUz | @eGovUz
5.4K viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2022-11-17 18:13:59
Talaba-yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv taassurotlari

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU hamda Toshkent shahridagi INHA va AMITY universitetlarida ketma-ket uchrashuvlar tashkil etildi.

Batafsil: https://egov.uz/news/talaba-yoshlar-bilan-bolib-otgan-uchrashuv-taassurotlari-641

@eGovUz | @MyGovUz
3.2K views15:13
Ochish/sharhlash
2022-11-17 15:19:22
Сегодня, 17 ноября, Международный день студента

В Узбекистане около миллиона студентов. Это огромное число. Портал my.gov.uz предлагает ряд услуг для студентов и молодежи.

Получение справки с места учебы

Раньше, чтобы получить эту справку, студент должен был обратиться в деканат и дождаться своей очереди. Теперь таких отвлекающих факторов нет.

Полное покрытие стоимости международного экзамена

На портале my.gov.uz внедрена электронная госуслуга для полного покрытия расходов на экзамены для молодых людей, набравших высокие баллы по международным системам экзаменов.

Проект "Один миллион программистов"

Позволяет молодым людям, успешно прошедшим курсы повышения квалификации, а также молодым людям, являющимся студентами или выпускниками резидентов IT-парка, погасить проценты по потребительским кредитам на покупку компьютера в рамках проекта «Один миллион Программисты».

Обучение в другой стране

Возможна отправка электронного заявления на признание и нострификацию (фиксацию эквивалентности) документа об образовании в иностранном государстве.

@MyGovUz | @eGovUz
4.4K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-11-17 13:49:53
AKT vaziridan talabalar uchun foydali maslahat

Germaniyada SAP rahbariyati bilan uchrashuvda, ular tomonidan bepul taqdim etiladigan kurslarni bizdagi talabalardan atigi 32tasi bitirgani va ular to‘liq 100% yuqori daromadli ish bilan ta’minlanganini ma’lum qilishdi.

Shunda meni bir savol qiynay boshladi, nega shuncha talabalarimiz bo‘lsada va Germaniyani o‘zida yuz mingdan ortiq AKT mutaxassisiga talab bo‘lsada, bepul va yuqori maoshli ish bilan ta’minlaydigan kasbni o‘rgangan talabalar soni shunchalik kam?

Maslahatim, hozir avvalgidek diplomni o‘zi ish bilan ta’minlanishga yetarli emasligini, vaqtlarini bekor ketkazmay xalqaro til va boshqa kasb sertifikatlarini olishga qunt bilan harakat qilishlari zarurligini hamma talabalarimiz tezroq tushunishlari kerak. Bunga hozir juda ko‘p imkoniyatlar bor, masalan o‘sha SAP saytida: https://learning.sap.com/student-zone

Yoki bitirib chiqqunicha juda bo‘lmasa chet tili sertifikatini olib chiqsa ham, kelgusida chet eldan masofaviy ish topishiga juda katta yordam bo‘lardi, sertifikatni olish xarajatini 100 foizini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/413

AKT yo‘nalishidagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun o‘qish va sertifikatsiyani 50 foiz xarajatini davlat qoplab beradi: https://my.gov.uz/uz/service/622

Lekin bu ikkala imkoniyatdan foydalangan talabalarimizning soni umumiy talabalarni sonini ichida juda kamdir! Shuning uchun yana bir bor talabalik davringizda vaqtni bekor ketkazmay xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni ham olishga harakat qilishingizni tilab qolaman!

@MyGovUz | @eGovUz
5.1K viewsedited  10:49
Ochish/sharhlash
2022-11-17 08:58:17
Bugun, 17-noyabr — xalqaro talabalar kuni

O‘zbekistonda bir millionga yaqin talaba bor. Bu juda katta raqam. My.gov.uz’da talabalar va yoshlar uchun qator xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Talaba o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish

Avvallari bu maʼlumotnomani olish uchun talaba dekanatga murojaat qilishi, ularning boʼsh vaqtini kutishi kerak edi. Endi bunday ovoragarchiliklar umuman yoʼq.

Xalqaro imtihon xarajati to‘liq qoplab berish

My.gov.uz da xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir elektron davlat xizmati joriy etilgan.

"Bir million dasturchi” loyihasi

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha ist’mol krediti foizlarini qoplab berish imkonini beradi.

Xorijiy davlatda ta’lim olganlik

Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
5.9K views05:58
Ochish/sharhlash
2022-11-17 08:44:54
Diqqat, e’lon

“Pensiya” dasturiy majmuasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 17-noyabr soat 11:00 dan 14:00 gacha Yagona portal orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda uzilishlar bo'lishini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
7.6K viewsedited  05:44
Ochish/sharhlash
2022-11-16 18:54:16 Bizni tanlaganlar 3 millionga yetdi

Bugungi kunda my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanib kelayotgan yurtdoshlarimiz soni uch millionga yetdi. Bu portal faoliyati yo‘lida muntazam izlanishda bo‘lgan katta jamoaning mehnati samarasidir.

Yildan yilga portalda aholi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega, tadbirkorlik faoliyati, turli to‘lovlar va boshqa foydali xizmatlar soni ham ortib bormoqda.

Portalda joriy etilgan va endi tatbiq qilinishi kutilayotgan xizmatlarning barchasi, avvalo, yurtdoshlarimiz hayoti qulayligi, ularning vaqtini va naqdini tejash uchundir.

Bizni tanlaganingizdan va faoliyatimiz rivoji yo‘lida berayotgan takliflaringizdan minnatdormiz.

@MyGovUz | @eGovUz
6.4K views15:54
Ochish/sharhlash