Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Yana bir faoliyat turi bo‘yicha | my.gov.uz

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yana bir faoliyat turi bo‘yicha subsidiya olishga my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi

“Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:

talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
tadbirkorlik sub’ektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

@MyGovUz | @eGovUz