Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘hna Samarqand barchani “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi! | my.gov.uz

Ko‘hna Samarqand barchani “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!

2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Tashrif buyuruvchilar haftalik doirasida AKT Sammiti, bir qator dolzarb mavzulardagi forum va seminarlar, shuningdek, “ICTEXPO” xalqaro IT ko‘rgazmasida ishtirok etishlari mumkin.

Tadbirga AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bir qator ekspertlar taklif etilgan.

Haftalikka tashrif buyuruvchilar AKT sohasidagi so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishlari, raqamlashtirish bo‘yicha bugungi kundagi tendensiyalar va BMTning 2022-yilgi elektron hukumat reytingi taqdimoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining ham o‘ziga xos ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Markaz xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Raqamli davlat siyosati asoslari” mavzusida salohiyatni oshirish va “BMTning 2022-yilgi elektron hukumat tadqiqotining natijalari va mintaqaviy tendensiyalari” mavzusidagi seminarlarga mezbonlik qiladi.

Ko‘hna Samarqand barchani yana bir bor “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!!!

@MyGovUz | @eGovUz