Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-02-22 14:46:00
Firibgarlardan ehtiyot boʻling!

Yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmang!

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda begona kimsalar tomonidan qoʻngʻiroqlar boʻlib, mobil raqamni my.gov.uz orqali olgani hamda dori-darmon va davolanish uchun moddiy yordam soʻrash holatlari koʻpaygani haqida eʼtirozlar uchramoqda.

my.gov.uz jamoasi yurtdoshlarimizni bu kabi yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqiradi! Ular firibgarlar boʻlishi mumkinligidan ogohlantiradi!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) har bir maʼlumot himoyasini muhim oʻringa qoʻyadi.

Yodda tuting! my.gov.uz zinhor:

foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini boshqalarga bermaydi;
sizning murojaatingizsiz, aloqaga chiqmaydi;
moddiy yordam berish yoki soʻrashga doir xabarlarni aslo tarqatmaydi.

Soʻnggi yillarda internet orqali kiberjinoyatlar soni ortayotgani va minglab odamlar firibgarlar tuzogʻiga ilinayotganini hisobga olib, fuqarolarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz. Barchaga my.gov.uz xizmatlaridan shaxsan oʻzlari foydalanishini tavsiya etamiz.

Unutmang, shaxsga doir maʼlumotlarning qay darajada oshkor boʻlishi avvalo oʻzingizga bogʻliq!

Yagona portal (my.gov.uz) haqidagi eng ishonchli maʼlumotlarni uning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalari orqali olishingiz mumkin:

my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
50.5K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash
2024-02-22 13:06:56
Kimlarning xalqaro IT-sertifikat olish va o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi?

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-sonli qaroriga ko‘ra, 1-martdan e'tiboran, Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
51.5K views10:06
Ochish/sharhlash
2024-02-22 09:02:55 Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish vaqti keldi

2014-2015-yillarda amaldagi biometrik pasportlarning aksariyati 10 yil muddatga berilgan. Ularning amal qilish muddati yaqinligi sabab joriy yildan passportlarni ID-kartalarga almashitirishga bo'lgan talab sezilarli darajada oshadi.

Shu bois biz yurtdoshlarimizga my.gov.uz orqali “Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirish” xizmatidan onlayn foydalanib, o’z vaqtlarini tejashni tavsiya etamiz.

Bu jarayon atigi 2 bosqichdan iborat:

Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqib, tasdiqlaysiz;
Migratsiya bo‘limiga borish sanasi, vaqti va hududini belgilaysiz.

Ma'lumot uchun: ID-karta egasi my.gov.uz portalida avtomat ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanib, elektron davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalana oladi.





my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
61.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-02-21 12:45:21
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qanday olish mumkin?

Yanvar oyida my.gov.uz portali orqali “Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish" xizmatidan foydalanish koʻrsatkichi oshdi.

2024-yilning yanvar oyida mazkur xizmat uchun ariza topshirishlar soni keskin yuqorilab, 1 oyda 724 tani tashkil etdi.

Ushbu xizmatdan endi dunyoga kelgan chaqaloqlarga ilk bor guvohnoma olishda foydalaniladi. Boshqa holatlar uchun Yagona portalda tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

Shuningdek, portalda ariza holatini kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Xizmat 1 ish kunida ko‘rsatiladi. Yana guvohnomani qulay vaqtda pochta orqali uygacha yetkazib berishni ham tanlasangiz bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmat pullik bo‘lib, my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma taqdim etiladi — 45 900 so‘m (0,135 BHM). Pochta to‘lovi: 25000 so‘m.

my.gov.uz haqidagi soʻnggi maʼlumotlardan xabardor boʻlish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishda davom eting!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
58.8K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-02-20 12:59:38
Endi barcha fanlardan milliy sertifikat olish mumkin

my.gov.uz portalida barcha fanlardan (tegishli umumta’lim va maxsus fanlardan) bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat olish uchun imtihonda qatnashishga ariza berish xizmati joriy etildi.

Shu o‘rinda biologiya, qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qilamiz.

Ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Xizmat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to’lov undiriladi, my.gov.uz orqali foydalanganda 10 foiz arzon bo’ladi.

Ma'lumot o'rnida: Umumta’lim fanlarini bilish darajasiga qarab – A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi.
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.

Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Abituriyentlar diqqatiga!

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
75.9K views09:59
Ochish/sharhlash
2024-02-20 08:09:17
Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda yurishingiz shart emas!

Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanishlari mumkin.

Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari mumkin.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirib qo‘yib, FHDYoga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

Yagona portal orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin? Bilish uchun havolaga o‘ting!

My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
66.3K views05:09
Ochish/sharhlash
2024-02-19 17:03:42
My.gov.uz orqali mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM ga o‘tish imkoniyati yaratildi

Endi mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM aloqa tarmog‘iga o‘tish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

Yagona portal orqali mobil raqamni saqlagan holda aloqa operatorini o‘zgartirish uchun, avvalo, joriy operatordan qarzingiz yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Aloqa operatorini onlayn tarzda o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

my.gov.uz bosh sahifasidan “Axborot va aloqa” bo‘limiga o‘ting;

“Raqamni saqlagan holda UZTELECOM mobil aloqa tarmog’iga o’tish” xizmatini tanlang;
so‘ralgan ma‘lumotlarni to‘ldiring;
joriy hamda bog'lanish raqamni kiriting (ularga SMS-xabar yuboriladi);
mos texnologiyani tanlang (SIM yoki eSIM);
barcha ma‘lumotlarni qayd etgach, “Yuborish” tugmasini bosing.

Xizmat narxi – shartnoma asosida.

To'lov tartibi tegishli operator tomonidan tushuntiriladi.

Ariza 24 soatdan 3 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Xizmat natijasi: mobil raqam ulanganligi yoki ko‘chirish shartlariga rioya qilinmaganligi sabablari haqida xabarnoma yuboriladi.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
62.0K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-02-19 10:11:22 "Bolnichniy" olish tartibi bilan tanishing!

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish haqidagi videolavhamizni tomosha qiling.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalari elektron shaklga o‘tkazilgan.

Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning kasalligi sabab beriladigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini olish uchun ushbu muassasalarga tashrif buyurish shart emas.

Shunchaki, my.gov.uz portali orqali “Sog’liqni saqlash” bo’limidan kerakli xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn yuklab olish kifoya.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, mutlaqo bepul va qulay!





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
84.4K views07:11
Ochish/sharhlash
2024-02-16 18:16:19 OVIR bo‘linmalari uyingizga keladi! (video)

Endilikda IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ya’ni OVIR bo‘linmalari davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun uyingizga keladi!

Bu xizmatdan yura olmaydigan yoki o‘z ishlaridan ortib biror joyga borishga vaqti bo‘lmaydigan shaxslar foydalanishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona portal orqali ariza yuboring.

Ko‘rsatiladigan xizmat turlariga quyidagilar kiradi:

ID karta va Xorijga chiqish passportini olish va yetkazib berish
Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish
Fuqarolikka kirish va fuqarolikdan chiqish

Sayyor xizmatlardan foydalanishda arizada belgilangan masofaning uzoq-yaqinligidan kelib chiqib, qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

Bu xizmatdan foydalanishda arizachidan:

ariza yuborish maqsadi
necha nafar shaxsga xizmat ko‘rsatilishi
ko‘rsatiladigan xizmat turlari
OVIR xodimi kelishi lozim bo‘lgan manzil va sanasini belgilash talab etiladi.

My.gov.uz oson, tez va qulay!





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
79.7K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash
2024-02-09 17:51:43
Еще одна новая услуга

Хотите сдать свое имущество охранной службе?

Теперь физические и юридические лица могут подать заявку онлайн через my.gov.uz на передачу своего имущества в службу охраны. За это плата не взимается.

Услуги охраны предоставляются на условиях, указанных в договоре. Заявитель выбирает виды охраны по своему усмотрению.

Виды охраны делятся на следующие:

Через средства сигнализации;
Через тревожные кнопки;
Через рядовые подразделения.

Данная услуга предоставляется Главным управлением охраны Национальной гвардии Республики Узбекистан.

Воспользуйтесь этой услугой, чтобы сохранить свое жилье, а также недвижимость!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
24.7K views14:51
Ochish/sharhlash