Get Mystery Box with random crypto!

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qanday olish mumkin? Yanv | my.gov.uz

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani qanday olish mumkin?

Yanvar oyida my.gov.uz portali orqali “Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish" xizmatidan foydalanish koʻrsatkichi oshdi.

2024-yilning yanvar oyida mazkur xizmat uchun ariza topshirishlar soni keskin yuqorilab, 1 oyda 724 tani tashkil etdi.

Ushbu xizmatdan endi dunyoga kelgan chaqaloqlarga ilk bor guvohnoma olishda foydalaniladi. Boshqa holatlar uchun Yagona portalda tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

Shuningdek, portalda ariza holatini kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Xizmat 1 ish kunida ko‘rsatiladi. Yana guvohnomani qulay vaqtda pochta orqali uygacha yetkazib berishni ham tanlasangiz bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmat pullik bo‘lib, my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma taqdim etiladi — 45 900 so‘m (0,135 BHM). Pochta to‘lovi: 25000 so‘m.

my.gov.uz haqidagi soʻnggi maʼlumotlardan xabardor boʻlish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishda davom eting!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram