Get Mystery Box with random crypto!

Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda yurishingiz shart | my.gov.uz

Tashqarida qor. Hujjat ishlarini deb sovuqda yurishingiz shart emas!

Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalanishlari mumkin.

Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish mumkin.

Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirishlari mumkin.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirib qo‘yib, FHDYoga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

Yagona portal orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin? Bilish uchun havolaga o‘ting!

My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram