Get Mystery Box with random crypto!

Firibgarlardan ehtiyot boʻling! Yolgʻon qoʻngʻiroqlar va a | my.gov.uz

Firibgarlardan ehtiyot boʻling!

Yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmang!

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda begona kimsalar tomonidan qoʻngʻiroqlar boʻlib, mobil raqamni my.gov.uz orqali olgani hamda dori-darmon va davolanish uchun moddiy yordam soʻrash holatlari koʻpaygani haqida eʼtirozlar uchramoqda.

my.gov.uz jamoasi yurtdoshlarimizni bu kabi yolgʻon qoʻngʻiroqlar va asossiz maʼlumotlarga ishonmaslikka chaqiradi! Ular firibgarlar boʻlishi mumkinligidan ogohlantiradi!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) har bir maʼlumot himoyasini muhim oʻringa qoʻyadi.

Yodda tuting! my.gov.uz zinhor:

foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini boshqalarga bermaydi;
sizning murojaatingizsiz, aloqaga chiqmaydi;
moddiy yordam berish yoki soʻrashga doir xabarlarni aslo tarqatmaydi.

Soʻnggi yillarda internet orqali kiberjinoyatlar soni ortayotgani va minglab odamlar firibgarlar tuzogʻiga ilinayotganini hisobga olib, fuqarolarimizni yana bir bor ogohlikka chaqiramiz. Barchaga my.gov.uz xizmatlaridan shaxsan oʻzlari foydalanishini tavsiya etamiz.

Unutmang, shaxsga doir maʼlumotlarning qay darajada oshkor boʻlishi avvalo oʻzingizga bogʻliq!

Yagona portal (my.gov.uz) haqidagi eng ishonchli maʼlumotlarni uning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalari orqali olishingiz mumkin:

my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram