Get Mystery Box with random crypto!

'Bolnichniy' olish tartibi bilan tanishing! Vaqtincha mehnat | my.gov.uz

"Bolnichniy" olish tartibi bilan tanishing!

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish haqidagi videolavhamizni tomosha qiling.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalari elektron shaklga o‘tkazilgan.

Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning kasalligi sabab beriladigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini olish uchun ushbu muassasalarga tashrif buyurish shart emas.

Shunchaki, my.gov.uz portali orqali “Sog’liqni saqlash” bo’limidan kerakli xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn yuklab olish kifoya.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, mutlaqo bepul va qulay!





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram