Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 146.90K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-02-29 14:33:55
Воспользуйтесь услугой «Выдача справки об освобождении от военной службы» онлайн!

Для этого достаточно:

зарегистрироваться на портале my.gov.uz;
выбрать соответствующую услугу из раздела «Справки;
заполнить необходимую информацию и отправить заявку.

Данная справка предоставляется абсолютно бесплатно.

Заявки рассматриваются в течении 3 рабочих дней.

Примечание: В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан в случае, если мероприятия, связанные с призывом на военную службу, продолжаются, а также, призывник был призван на военную службу, но не уплатил денежные взносы в соответствии с контрактом, справка не выдается.

На my.gov.uz вести работу с документами легко, быстро и удобно!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
32.7K views11:33
Ochish/sharhlash
2024-02-29 13:23:20
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;

gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
33.0K views10:23
Ochish/sharhlash
2024-02-29 08:08:35
“Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan onlayn foydalaning!

Buning uchun:

my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
“Ma'lumotnomalar” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

Ushbu ma’lumotnoma mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan hamda chaqiriluvchi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq pul badallarini belgilangan muddatda to'lamagan bo'lsa, ma'lumotnoma berilmaydi.

my.gov.uz bilan hujjat ishlarini bitirish oson, tez va qulay!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
34.2K views05:08
Ochish/sharhlash
2024-02-28 15:39:52
Проверьте, является ли фирма или предприятие банкротом или нет, на my.gov.uz

Физическим лицам приходится подписывать контракты с фирмами и предприятиями в различных ситуациях.

Когда кто-то покупает новый дом или сдает машину в аренду, а кто-то планирует уехать по работе за границу, они также перечисляют определенную сумму денег субъектам предпринимательства.

В таких ситуациях рекомендуем не спешить с заключением договора, осуществлением различных платежей и все проверять с помощью соответствующей услуги на портале my.gov.uz.

Через услугу на портале вам не помешает проверить действительно ли предприятие платежеспособен, не находится в банкротстве, есть ли реальный владелец и номер телефона, для этого нужно ввести номер ИНН предприятия и фирмы.

Ссылка для использования услуги здесь: Получение информации о неплатёжеспособности (банкротстве) и о прекращении деятельности организации.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
36.1K views12:39
Ochish/sharhlash
2024-02-28 08:01:04
Firma va korxonalarning bankrot yoki bankrot emasligini onlayn tekshirsa boʻladi

Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

Kimdir yangi uy olganida, yana biri avtomobil ijarasida, boshqasi esa xorijga ishga ketish niyatida tadbirkorlik sub'yektlariga maʼlum miqdorda pul ham oʻtkazib berishadi.

Shu kabi vaziyatlarda shartnoma imzolash, turli toʻlovlarni amalga oshirishga shoshilmaslikni, my.gov.uz portalidagi tegishli xizmat yordamida barchasini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Portaldagi xizmat orqali korxona va firmaning STIR raqamini kiritib, uning haqiqatda toʻlovga qobiliyatli ekanligi, bankrot holatida emasligi, haqiqiy egasi va telefon raqami mavjudligini tekshirib olish sizga sira zarar qilmaydi.

Xizmatdan foydalanish havolasi bu yerda: Xoʻjalik yurituvchi sub'yektlarni toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) va faoliyati toʻxtatilganligi haqida maʼlumot olish.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
37.6K views05:01
Ochish/sharhlash
2024-02-28 07:21:39
Получить справку о жилой площади можно не выходя из дома

Для этого на портале my.gov.uz запущена услуга «Получение справки о площади жилого помещения».

Отправить заявку можно 24 часа в сутки, независимо от выходных и праздников.

Данная услуга предоставляется абсолютно бесплатно и никаких документов не требуется. А результат услуги можете получить мгновенно.

Информация о площади жилого помещения, принадлежащего гражданину, проверяется в электронном виде из информационных систем Агентства кадастра при Министерстве экономики и финансов через кадастровый номер объекта недвижимости.

Пользоваться услугой очень просто и удобно!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
36.0K views04:21
Ochish/sharhlash
2024-02-27 13:10:21
Turar joy maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani uydan chiqmagan holda olsa bo‘ladi

Buning uchun my.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

Arizani dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, istalgan kunda, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat ham talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

Fuqaroga tegishli turar joyning maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridan elektron shaklda ko'chmas mulkning kadastr raqami orqali tekshiriladi.

Xizmatdan foydalanish juda oson va qulay!

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
20.8K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-02-27 11:22:57
Notarial xizmatlar tarixi bepul va bir zumda taqdim etiladi

Fuqarolar oʻzlarining barcha turdagi notarial harakatlari toʻgʻrisidagi (uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi, ishonchnoma rasmiylashtirish va h.k.) maʼlumotlarni onlayn kuzatib borishi mumkin.

Buning uchun jismoniy shaxs:

my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetiga kirishi;
Adliya boʻlimidan notarial harakatlar tarixi xizmatini tanlashi;
foydalanish uchun soʻrov yuborishi kifoya.

Maʼlumotlar avtomatik ravishda “Notarius” axborot tizimidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadi.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va natija bir zumda taqdim etiladi.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram
24.0K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-02-26 20:53:10
Стартует проект "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!"

27-28 февраля 2024 года в рамках проекта "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!" в Республики Каракалпакстан будут проведены семинар-тренинги для жителей, молодежи и субъектов предпринимательства по возможностям, представленным на портале my.gov.uz, процедурам использования цифровых услуг.

город Нукус

Ходжейлийский район

Берунийский район

Тренинги открыты для всех и приглашаем всех принять участие!

Телефоны для связи: +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 58

my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
29.8K views17:53
Ochish/sharhlash
2024-02-26 20:40:35
"MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!" loyihasiga start berildi

2024-yilning 27-28-fevral kunlari «MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!» loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasida aholi, yoshlar va tadbirkorlik subyektlari uchun my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, elektron xizmatlardan foydalanish tartiblari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Nukus shahri

Xo’jayli tumani

Beruniy tumani

O‘quv mashg‘ulotlari barcha uchun ochiq va hammani unda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari:  +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 58

my.gov.uz  egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
27.6K views17:40
Ochish/sharhlash