Get Mystery Box with random crypto!

My.gov.uz orqali mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM | my.gov.uz

My.gov.uz orqali mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM ga o‘tish imkoniyati yaratildi

Endi mobil raqamni o‘zgartirmagan holda UZTELECOM aloqa tarmog‘iga o‘tish uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

Yagona portal orqali mobil raqamni saqlagan holda aloqa operatorini o‘zgartirish uchun, avvalo, joriy operatordan qarzingiz yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Aloqa operatorini onlayn tarzda o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

my.gov.uz bosh sahifasidan “Axborot va aloqa” bo‘limiga o‘ting;

“Raqamni saqlagan holda UZTELECOM mobil aloqa tarmog’iga o’tish” xizmatini tanlang;
so‘ralgan ma‘lumotlarni to‘ldiring;
joriy hamda bog'lanish raqamni kiriting (ularga SMS-xabar yuboriladi);
mos texnologiyani tanlang (SIM yoki eSIM);
barcha ma‘lumotlarni qayd etgach, “Yuborish” tugmasini bosing.

Xizmat narxi – shartnoma asosida.

To'lov tartibi tegishli operator tomonidan tushuntiriladi.

Ariza 24 soatdan 3 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Xizmat natijasi: mobil raqam ulanganligi yoki ko‘chirish shartlariga rioya qilinmaganligi sabablari haqida xabarnoma yuboriladi.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram