Get Mystery Box with random crypto!

#ONLAYN Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Namangan shahri “ | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#ONLAYN

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Namangan shahri “Sardoba” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 34 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Inom xizmat servis” faoliyatini oʻrganmoqda. Mazkur uylarning 90 foizi ikki va uch qavatli boʻlib, 1960-yillarda qurilgan uylar hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, uylarning texnik holatini saqlash anchagina kuch va mablagʻ talab etmoqda.
    Ammo mazkur hududda ham aholining toʻlov qobilyati juda past. Ozoda Joʻrayeva mulkdorlar orasida targʻibot-tashviqot ishlarining yetarli darajada olib borilmayotganligi mazkur muammolarni keltirib chiqarayotganligini ta’kidladi. Bir oylik majburiy badal tushumlari 15 mln soʻmni tashkil etishi kerak, lekin hozirda tashkilot hisobiga 4 mln soʻm atrofida pul tushmoqda.
Tushumlarning pastligi ish sifatiga salbiy ta’sir oʻtkazadi. Bu mablagʻ ishchi xodimlarning oyligi uchun ham yetmaydi. Natijada tizimda koʻplab muammolar kelib chiqadi. Siz aholi bilan samarali ishlamas ekansiz, tashkilotingizni rivojlantira olmaysiz, - dedi vazir oʻrinbosari.
      Mahalladagi texnik holati yaxshi boʻlmagan, ma’nan eskirgan ikkita uy renovatsiya dasturiga kiritilgan. Ozoda Joʻrayeva mazkur uylarning xavfsizligini ta’minlash, elektr simlarini tartibga solish boʻyicha boshqaruv tashkilotiga tegishli topshiriqlar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|