Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 7-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y berg | Manaviyat.edu.uz



Bugun 7-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni.
Eron – Talabalar kuni.
Tojikiston – Moliya xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1678 – Lui Enpen Niagara sharsharasini topgan birinchi yevropalik bo‘ldi.
1703 – Angliyada Buyuk bo'ron, Britaniya janubida qayd etilgan eng katta bo'ron. Shamol tezligi soatiga 120 milyaga yetdi, 10 000 ga yaqin odam halok bo'ldi va 100 ta kema cho'kib ketdi.
1944 – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to'g'risidagi konvensiya imzolandi.
1972 – "Apollon-17" kosmik kemasi The Blue Marble"ning tasvirini olishga erishdi.
1982 – Texasda birinchi marta inyeksiya yordamida o‘lim jazosi amalga oshirildi.
1984 – Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy”, “O‘zbekiston” va “Toshkent” bekatlari foydalanishga topshirildi.

#tavalludlar
903 – Abdurahmon as-So‘fiy (986) – fors astronomi va matematigi.
1863 – Pyetro Maskani (1945) – italyan bastakori.
1855 – Dibayev Abdubakr (1933) – turkiyshunos, etnograf, folklorshunos. 
1913 – Xalima Nosirova (2003) – o'zbek san'atining yirik namoyondasi, Opera xonandasi, Ozbekiston xalq artisti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube