Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.64K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-01-04 13:44:14 PwrIndx – kuch indeksi bo‘yicha tuzilgan ushbu rey¬tingning o‘ziga xosligi shundaki, u qanchalik past bo‘lsa, mamlakat shunchalik kuchli armiyaga ega hi¬soblanadi. Hozircha hech bir davlat 0,0000 harbiy kuchning maksimal ko‘rsatkichiga erishmagan. O‘zbekiston 1,0692 indeksini olgan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘tgan yilning oktabr oyida AQSHning «News & World Report» nashri ham o‘z tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz armiya qudrati bo‘yicha 87 davlat o‘rtasida 18 o‘rinni egalladi. Bu reytingda Rossiya, AQSH va Xitoy yetakchilik qilgan. Qo‘shnilarimizdan faqat Qozog‘iston reytingga kiritilgan. Nashrning yozishicha, armiyalarning qudrati global so‘rovda qatnashganlarning fikr-mulohazalari asosida baholangan.

Vakillarimiz, ayniqsa, keyingi yillarda o‘tkazilayotgan ko‘plab xalqaro miqyosdagi nufuzli harbiy musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishayotgani ham quvonarli hol. Jumladan, yurtimiz harbiy¬lari Xalqaro armiya o‘yinlari, «Kembriya patruli» va boshqa shu kabi yirik harbiy-sport musobaqalarida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida O‘zbekis¬ton Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!» shiori ostida «Vatanparvarlik oyligi» ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida «Vatanparvarlik karvoni» festivallari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli viktorina va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Harbiy xizmatchilar, soha faxriylari, elimizning taniqli kishilari, yoshlar ishtirokida o‘tayotgan ushbu tadbirlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Xalq va armiya – bir tan-u bir jondir» degan ezgu tamo¬yilning amaldagi yorqin ifodasi o‘laroq namoyon bo‘layotir.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda milliy armiyamiz mamlakatimiz qudrati, yuksak g‘urur va sadoqatimiz timsoliga aylanib ulgurgan. Zotan, Vatanimiz, xalqimizga sadoqatli yigitlar xizmat qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz mustaqilligimizning, tinch va oso¬yishta, farovon hayotimizning ishonchli qalqonidir.

Kamol OLLOYOROV
tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

"Постда-На посту"да ўқинг / "Postda-Na postu"да  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
19.6K viewsedited  10:44
Ochish/sharhlash
2024-01-04 13:44:14 2-mavzu

YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI – MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK G‘URUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR!

Jahon tamadduniga bemisl hissa qo‘shgan turkiy zamindan ko‘plab mohir sarkardalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz o‘z zamonasida nafaqat odil hukmdor, ayni chog‘da, yengilmas qo‘shinlarning qo‘mondonlari ham bo‘lishgan. Ular qo‘shinning yuksak jangovar holatini ta’minlash bo‘yicha juda ko‘p ibratli ishlarni amalga oshirishgan.

Ayniqsa, ulug‘ bobokalonimiz Amir Temurning jangovar qo‘shini o‘zining strategik va taktik maho¬rati bilan o‘sha davrning eng mukammal va kuchli armiyasi hisoblangan. Xususan, qo‘shin tarkibi, boshqaruv shakli, uning jang paytidagi harakatla¬nishi hatto dushman sinchilari tomonidan ham e’tirof etilgan.

Istiqlol yillarida milliy armiya¬miz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan chinakam jasorat va matonat maktabiga aylandi. Farzandlarimizning harbiy xizmatga, boshqacha aytganda, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan qiziqish va intilishi kuchaydi, Vatan himoyachisi bo‘lish har bir yigitning ezgu maqsadiga aylandi.

Alohida mamnuniyat ila ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgardi.

Xususan, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkam¬lash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish ustuvor yo‘na-lishlardan biri etib belgilandi. Ushbu strategiya asosida Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini amalga oshirish, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jango¬varlik ruhini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, komandirlar tarkibining professional tayyorgarligini oshirish milliy armiyani yanada rivojlanti¬rishning eng muhim sharti hi¬soblanadi. Shu jihatdan, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi hamda harbiy okruglar boshqaruv apparatlari ofitserlarini, brigada komandirlari va ularning o‘rinbosarlarini o‘qitish bo‘yicha Qurolli Kuchlar Akademiyasida yangi tizim yo‘lga qo‘yilib, soha uchun kadrlar tayyorlashda nazariya va amaliyotni imkon qadar yaqinlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni tayyorlashda bugungi kunda dunyoning turli min¬taqalarida kuzatilayotgan harbiy mojarolar xususiyatlari, qo‘shinlarni yanada rivojlan¬tirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olinmoqda. Bu borada eng zarur qurol-aslaha va anjomlarni sotib olish, ularni yangi jangovar tizimlar bilan birgalikda qo‘llash va takomillashtirib borish masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Shuningdek, harbiy qism va poligonlardagi infratuzilma, askar va ofitserlarning xizmat sharoitlari tubdan yaxshilanmoqda. Qolaversa, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, aholi, birinchi navbatda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilyapti.

Harbiy sohada olib borilayotgan e’tiborga molik ishlar, keng ko‘lamli islohotlar besamar ketmayotgani kishini quvontiradi, albatta. Xususan, O‘zbekis¬ton armiyasi 2023-yilda dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 145 davlat o‘rtasida 62-o‘rinni egalladi. Mazkur reyting «Global Firepower» xalqaro kompaniyasi tomonidan tuzib chiqildi.
20.4K views10:44
Ochish/sharhlash
2024-01-02 15:45:02
Ўзбекистондаги ички ишлар органлари навбатчилик қисмлари алкотестерлар билан таъминланади

Ўзбекистондаги туман (шаҳар) ички ишлар органлари навбатчилик қисмлари 2024—2025 йилларда босқичма-босқич алкотестерлар билан таъминланади. Бу ҳақда Вазирлар Маҳкамасининг “Ички ишлар органларининг навбатчилик қисмларида алкотестер ёрдамида шахсларнинг алкоголдан мастлик ҳолатида эканлигини текшириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги қарори лойиҳасида кўзда тутилган.

Мазкур лойиҳа Президент администрацияси топшириғи ижросини таъминлаш мақсадида Ички ишлар вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган.

Батафсил ўқинг

@manaviyat_va_marifat_darsi
12.9K viewsedited  12:45
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:30:46
2024 йил «Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили» деб эълон қилинди.

Ўзбекистонда мустақиллик даврида йил номлари қандай атаб келинган?
1991 йил
— “Алишер Навоий йили”
1992 йил — “Ҳамширалар йили”
1993 йил — “Аҳмад Яссавий йили”
1994 йил — “Мирзо Улуғбек йили”
1995 йил — “Абу Али ибн Сино йили”
1996 йил — “Амир Темур йили”
1997 йил — “Инсон манфаатлари йили”
1998 йил — “Оила йили”
1999 йил — “Аёллар йили”
2000 йил — “Соғлом авлод йили”
2001 йил — “Она ва бола йили”
2002 йил — “Қарияларни қадрлаш йили”
2003 йил — “Обод маҳалла йили”
2004 йил — “Меҳр-мурувват йили”
2005 йил — “Сиҳат-саломатлик йили”
2006 йил — “Ҳомийлар ва шифокорлар йили”
2007 йил — “Ижтимоий ҳимоя йили”
2008 йил — “Ёшлар йили”
2009 йил — “Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили”
2010 йил — “Баркамол авлод йили”
2011 йил — “Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили”
2012 йил — “Мустаҳкам оила йили”
2013 йил — “Обод турмуш йили”
2014 йил — “Соғлом бола йили”
2015 йил — “Кексаларни эъзозлаш йили”
2016 йил — “Соғлом она ва бола йили”
2017 йил — “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили”
2018 йил — “Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили”
2019 йил — “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили”
2020 йил — “Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили”
2021 йил — “Ёшларни қўллаб қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”
2022 йил — “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”
2023 йил — “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”
2024 йил — “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”
47.3K viewsedited  19:30
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:12:34 БАЙРАМ ТАБРИГИ
22.7K views19:12
Ochish/sharhlash
2023-12-30 18:24:08 Xulosa o‘rnida aytmoqchimizki, Turkiston jadidlari tomonidan o‘z davrida ko‘tarilgan muam¬molar, bugungi kunimiz uchun ham o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda. Zero, davlatimiz rahbari o‘rinli ta’kidlaganidek, «buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz tomonidan olg‘a surilgan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar o‘rtasida bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday asrashga doimo da’vat etib turadi».

Temir QURBONOV tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
15.0K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2023-12-30 18:24:08 O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqimizning ijtimoiy-falsafiy, adabiy-badiiy tafakkuri tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan jadidchilikni o‘rganishga katta ahamiyat berildi. Jadidchilikning paydo bo‘lish sabablari, tadrijiy rivojlanish jarayoni, undagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, milliy istiqlol g‘oyalarini tadqiq qilishga oid ilmiy izlanishlar olib borildi. Shularning samarasi o‘laroq, ilmiy asarlar, to‘plamlar paydo bo‘ldi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlar jadid bobolarimizning ezgu g‘oya va dasturlariga har jihatdan uyg‘un va hamohangdir. Shu bois xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish hamda targ‘ib etishga alohida e’tibor berilmoqda.

Xususan, yurtimizda har yili 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanadi. «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi va jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi hududiy bo‘limlari qatorida, endilikda Buxoro shahridagi tarixiy maskanda «Jadidchilik tarixi» muzeyi tashkil etilmoqda.

Tarixning bu murakkab davriga oid ilmiy va badiiy asarlar bilan bir qatorda, «Tarixning noma’lum sahifalari», «Qatag‘on qurbonlari» nomli ko‘p jildli xotira kitoblari nashr etilmoqda. Badiiy va hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar tayyorlanib, namoyish qilinmoqda. Xalqaro konferensiyalar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari, xotira kechalari, seminarlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Jafokash xalqimizga milliy o‘zligini anglatish, istiqlolga erishish va davlatchilik yaratish yo‘lida jon fido qilgan atoqli ma’rifatparvarlarimiz hukumatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Istiqlol istab, yurt qayg‘usida qatag‘on qurboni bo‘lgan bobolarimizning aziz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta’lim muassasalari, muzeylar, bog‘ va xiyobonlar barpo etilmoqda.

Shu asnoda keyingi yillarda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan mingdan ziyod mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklash yo‘lida yangi qadam bo‘lganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu ezgu ishlarning davomi sifatida yurtimizda har yili avgust oyini «Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi» sifatida o‘tkazish, fidoyi vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari o‘rnatish, ularning vorislari hamda yaqin kishilariga hurmat-e’tibor ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotgani ham quvonarlidir.

Kelgusida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini binosida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari» va «Mahalla xotira kitoblari»ni tashkil etish, har yili kamida 100 nafar qatag‘on qurboni hamda jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiradigan to‘plam tayyorlash rejalashtirilgani yuqorida aytib o‘tilgan xayrli ishlarning mantiqiy davomidir.
14.1K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2023-12-30 18:24:08 1-mavzu

JADIDLAR: MILLIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI

Mamlakatimizda aynan shu mavzuda nufuzli tadbir o‘tkazilgani va unda hukumat vakillari, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan taniqli akademik va ekspertlar ishtirok etgani ham o‘tgan asr boshlarida shakllanib, nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan jadidchilik harakatining ahamiyati naqadar bemisl bo‘lganini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, XIX asr oxirlaridan ma’rifatparvarlik oqimi sifatida paydo bo‘lgan jadidchilik harakati XX asr boshlaridan e’tiboran o‘zining tadrijiy rivojlanish bosqichida yangi bir davrga kirdi. Bu davrda jadidchilik o‘z oldiga keng islohotchilik maqsadlarini qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko‘tarildi.
Turkiston taraqqiyparvarlari merosini o‘rganishning muhim jihati shundaki, ular bundan yuz yillar muqaddam yurt mustaqilligi va yosh avlodni ma’rifatli qilish masalasini olg‘a surgan edilar. Jumladan, jadidlar o‘lkaning taraqqiyotga erishuvini bilimli yoshlar qo‘lida, deb bilganlar va ularni rivojlangan mamlakatlarga ta’lim olish uchun yuborish, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy ilm-fan va texnika bilimlarini egallash kabi masalalarni ko‘targanlar.

Jadidchilik harakati vakillarining ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish bugungi kunda shuning uchun ham dolzarbki, bu harakat vakillari istiqlolimiz uchun o‘sha davrdayoq kurash boshlaganlar. Avvalboshda ma’rifat sohasida faoliyat ko‘rsatgan jadidlar asta-sekin ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida maydonga chiqdilar.

Jadidchilik dastlab madaniy-ma’rifiy oqim sifatida paydo bo‘lganligi tabiiy, albatta. Chunki ilg‘or musulmon ziyolilari ijtimoiy va mustamlakachilik zulmining asosiy sabablarini zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bexabarlikdan va maorif ishlari¬dagi qoloqlikdan izladilar. Shu sababli, ular mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishning yagona yo‘li ta’lim islohoti, deb qaradilar va ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida yosh avlodni tarbiyalashga asosiy e’tibor berdilar. Yangi usul maktablari, kutubxonalar ochdilar, darslik, o‘quv qo‘llanmalari yozdilar va nashr ettirdilar. Ayni paytda ular inson huquqlari, milliy, diniy, iqtisodiy erkinliklar kafolatlangan, huquqiy-demokratik milliy davlatchilikning nazariy asoslarini yaratishga harakat qildilar.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nega bu o‘lkada o‘sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o‘lkani uyg‘otishga, xalqning ko‘zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina eri¬shish mumkin edi. Biroq ana shunday ezgu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan jasoratli bobolarimiz hayoti va faoliyati davomida ko‘plab taqiq va ta’qiblarga uchradilar. Eng yomoni, bu ularning o‘zlariga ham, yozgan asarlariga ham, hattoki yaqinlariga ham bir xilda qo‘llanildi. Ular olamdan o‘tganiga bir necha o‘n yillar bo‘lsa-da, bobomeros asarlarini o‘qib-o‘rganish, ularning milliy o‘zlikni anglash, istiqlol va davlatchilik g‘oyalaridan bahramand bo‘lish imkonsiz edi.
Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida va falsafiy tafakkurida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan ma’rifatparvarlik-jadidchilikni xolisona o‘rganish zaruriyati uning «taqiqlangan mavzu» sirasiga kirganligi bilan izohlanadi. Bunday fikr bildirishning sababi shundaki, jadidlar tomonidan Turkistonning ravnaqini ko‘zlab olg‘a surilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, milliy istiqlol g‘oyalari sho‘ro tuzumi mafkurasi «qolip»iga sig‘mas edi.
13.1K views15:24
Ochish/sharhlash
2023-12-29 16:38:43
Ҳарбий хизматчилар ўртасидқ қўл жанги бўйича биринчилик ғолибларини тақдирлаш маросими

02:34 - Ички ишлар вазирига мукофотни топшириш
25.4K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2023-12-29 12:00:14
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ телеграм канали бир йил давомида 35,6 млн + марта кўрилди.

TGStat аналитик хизмати анъанавий равишда канал админлари учун йил якунларига эга табрикномалар кўринишида янги йил совғасини тайёрлади, унга кўра MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ телеграм каналга бир йил давомида 667 та пост жойланган ва каналдаги жойланган постлар умумий ҳисобда 35,600,000 мартадан ортиқ кўрилган, шунингдек ушбу жойланган постлар 195.000 марта улашилган.
26.4K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash