Get Mystery Box with random crypto!

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligi, tarix millat uchun ruhiy o | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligi, tarix millat uchun ruhiy oziq ekanligi, ayni haqiqat. Shu bois haqqoniy tarixni tiklash, uning rivoji uchun barcha zaruriy shart-sharoit, imkoniyatlar yaratildi. Kun tartibiga haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona talqin etish, bahs-munozaralar asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo‘yildi. Tarix va hozirgi zamon voqeliklariga murojaat qilish bizning ijtimoiy tafakkurimizdan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o‘tishni, mustaqil fikr yuritish va sodir bo‘layotgan jara¬yonlarni xolisona baholay olish qobiliyatini talab etadi. Qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish – tarix va o‘tmishdan voz kechish degani emas. Kechagi hayotdan, tarixdan hech qachon voz kechib bo‘lmaydi. Tarix qan¬day bo‘lmasin, biz uchun hayotdan saboq va xulosalar chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tarixini, o‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak. Ana shu savol inson qalbini tozalaydi, uni savobli, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning imon-e’tiqodi, axloqi, tarix, hayot ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, tarix, xalq oldidagi burchni ang¬lash ham yuksak ma’naviyat belgisidir.

Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi. Tarixiy qadriyatlarga, ularni elga qaytarish, tanitishga bo‘lgan sa’y-harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsad shuki, har bir inson o‘z umrini tabarruk zotlar kechirgan hayot bilan taqqoslarkan, ko‘nglidan men ana shu salaflarimizga munosib vorismanmi, degan savol o‘tsin. Ular shu qadar buyuk meros qoldiribdi, mendan nima qoladi, degan tuyg‘u bilan o‘z faoliyatini baholasin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aynan yuqoridagi sabablarga ko‘ra, tarixni bilish va qadrlash milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviyat yuksalishi bilan uzviy bog‘liq masala hisoblanadi.

Sarvar SOBIROV tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular