Get Mystery Box with random crypto!

PwrIndx – kuch indeksi bo‘yicha tuzilgan ushbu rey¬tingning o‘ | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

PwrIndx – kuch indeksi bo‘yicha tuzilgan ushbu rey¬tingning o‘ziga xosligi shundaki, u qanchalik past bo‘lsa, mamlakat shunchalik kuchli armiyaga ega hi¬soblanadi. Hozircha hech bir davlat 0,0000 harbiy kuchning maksimal ko‘rsatkichiga erishmagan. O‘zbekiston 1,0692 indeksini olgan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘tgan yilning oktabr oyida AQSHning «News & World Report» nashri ham o‘z tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz armiya qudrati bo‘yicha 87 davlat o‘rtasida 18 o‘rinni egalladi. Bu reytingda Rossiya, AQSH va Xitoy yetakchilik qilgan. Qo‘shnilarimizdan faqat Qozog‘iston reytingga kiritilgan. Nashrning yozishicha, armiyalarning qudrati global so‘rovda qatnashganlarning fikr-mulohazalari asosida baholangan.

Vakillarimiz, ayniqsa, keyingi yillarda o‘tkazilayotgan ko‘plab xalqaro miqyosdagi nufuzli harbiy musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishayotgani ham quvonarli hol. Jumladan, yurtimiz harbiy¬lari Xalqaro armiya o‘yinlari, «Kembriya patruli» va boshqa shu kabi yirik harbiy-sport musobaqalarida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida O‘zbekis¬ton Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!» shiori ostida «Vatanparvarlik oyligi» ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida «Vatanparvarlik karvoni» festivallari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, turli viktorina va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Harbiy xizmatchilar, soha faxriylari, elimizning taniqli kishilari, yoshlar ishtirokida o‘tayotgan ushbu tadbirlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Xalq va armiya – bir tan-u bir jondir» degan ezgu tamo¬yilning amaldagi yorqin ifodasi o‘laroq namoyon bo‘layotir.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda milliy armiyamiz mamlakatimiz qudrati, yuksak g‘urur va sadoqatimiz timsoliga aylanib ulgurgan. Zotan, Vatanimiz, xalqimizga sadoqatli yigitlar xizmat qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz mustaqilligimizning, tinch va oso¬yishta, farovon hayotimizning ishonchli qalqonidir.

Kamol OLLOYOROV
tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

"Постда-На посту"да ўқинг / "Postda-Na postu"да  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular