Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-04-04 07:52:18 UY TA’LIMIGA DARS O‘TUVCHI PEDAGOGLARNING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

(Buni barcha pedagoglar bilishi kerak)

o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;

o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;

o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;

o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;

dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;

dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.

O‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
20.6K views04:52
Ochish/sharhlash
2024-04-03 19:02:15 UY TA’LIMI UCHUN JURNAL QUYIDAGICHA YURITILADI.

Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va qayd etib boriladi.

O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.

O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi

Sana Mavzu nomi O‘quvchiga qo‘yilgan baho Uy vazifasi Ota-onasining imzosi

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.4K views16:02
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:59:02
Assalomu alaykum barcha Matematika ustozlarimiz diqqatiga!

3000 dan ortiq Matematika ustozlarimiz 3 yil davomida 50 foiz ustama beradiga GRE/GMAT/SAT Xalqari Sertifikatlarini Xodiyev Academy Online kurslari orqali olib bo’lishdi va yuqoridagi Ustozlarimizni Oylik botdagi Maoshlarini ham ko’rishingiz mumkin.

Siz ham 50 foiz ustamaga harakat qilmoqchimisiz?

Nimadan boshlash kerak ekanligini bilmayapsizmi?

Unda bizning Telegram kanalimiz aynan siz uchun. Ustozlarimiz uchun yopiq kanal tashkil etildi va qanday qilib minimal vaqt ichida 50 foiz ustama olishingiz mumkin? Barcha savollarga aynan biz orqali javob olishingiz mumkin

Telegram guruhimiz uchun link
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
16.7K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-04-02 17:34:11 O‘QUVCHIGA BAHO QO‘YISHDA QUYIDAGILARGA AMAL QILISH KERAK.

O'quvchining o'zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog'liq emas.  Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o'quvchilar aynan nimani yaxshi o'zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O'quvchining o'zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

Vaqt:
- topshiriq uchun ajratilgan vaqt
- belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
- masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko'rsata olganligi

Baholash mezonlari:
- Koʼp balli sistema boʼyicha
- Ogʼzaki savol-javob orqali
- Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
- tushunarlilik
- bir maʼnolilik
- suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
- oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og'zaki imtihon olmoqchi bo'lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi ...) oldini olish uchun
- Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
- Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
- Toʼgʼri
- Qisman toʼgʼri
- Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
- Xato
- Javob yoʼq

Diqqat! Baholashda yo'l qo'yiladigan xatolar:
- Xayrixohlik xatosi
- Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish.  Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
- Oʼrtacha baho berish xatosi
- Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
- Yoqtirmaslik xatosi
- Bir marta qolgan taassurot xatosi
- Kayfiyat xatosi

5-9-sinf o‘quvchilarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom bu yerda.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.8K views14:34
Ochish/sharhlash
2024-04-01 20:00:43 YANGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMANING HUJJATLARI QUYIDAGILAR.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga ko‘ra:

Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yigʻilish bayonnomasi, hisoboti uch yil mobaynida saqlanadi hamda hamda tegishli arxivga topshiriladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
18.0K views17:00
Ochish/sharhlash
2024-04-01 18:59:02 Assalomu alekum men Rasulov Shaxzod matematika fani o'qituvchisiman.1 yildan buyon matematika ustozlarni Xalqaro Gre va Gmat sertifikatlariga tayyorlab kelaman.

Shaxsiy natijalarim GMAT 48/51(3 haftada)Gre 164/170 (1 soat tayyorgarlik).
Bunga ishonmasligingiz mumkin ammo kuniga 10+ soat dars qilib erishsa bo'ladi.

Buncha dars qilishga vaqtim yo'q deysizmi ? Unda kuniga 3 soat dars qilib 2-3 oyda natijaga erishishingiz mumkin.Hozirda 12000+ matematika ustozlardan iborat jonli audiotoriyaga ega Gre kanali va 1600+obunachiga ega Attestasiya kanali asoschisiman.

Guruhimizda o'qigan ustozlar natijalari ham ajoyib.Har oy 25+ va 1 yil davomida 300+ ustozlar Xalqaro sertifikatga ega bo'lib bo'lishdi.(Natijalar)

Bepul marafon

1-7 aprel kunlari har kuni foydali postlar jamlanmasini kanalimda berib boraman.

7-8-9 aprel kunlari telegram chatda jonli efir tashkil qilamiz.

7-aprel kuni mart oyida imtihon topshirgan ustozlarimiz bilan suhbat qilamiz insha'Allah.Suhbatda barcha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

8-9 aprel kunlari esa GRE Xalqaro sertifikati savollarini jonli efirda tahlil qilamiz.

Jonli efirgacha

Jonli darslarimiz boshlanguncha esa Gre kanalimizdagi foydali va qiziqarli ma'lumotlarni o'rganib turishingiz yoki Attestasiya kanalimizda test yechib turishingiz mumkin.

Telegram kanalimiz(Xalqaro sertifikat)
https://t.me/Gre_Gmat_Sat_sertifikat
https://t.me/Gre_Gmat_Sat_sertifikat

Telegram kanalimiz(Attestasiya uchun)
https://t.me/Attestatsiya_matematika_kanali
15.9K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-04-01 11:55:52 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.1K views08:55
Ochish/sharhlash
2024-03-31 19:04:02 KUNDALIK COMDA (E MAKTABDA) HISOBOTLARNI BARCHA BO‘LIMINI 100% QILISHNING ODDIY USULI.

Kundalik comda hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘lmayaptimi? Buning uchun quyidagi ishni qiling. Google browzerdan kundalik comga kiring.

1-jurnalga kirib mavzuni yozing (agar, avvaldan mavzuni yuklamagan bo‘lsangiz. Agar mavzuni yuklagan bo‘lsangiz mavzuga tegmang)

2-o‘quvchilarga baho qo‘ying.

3-uy vazifasini yozing. Agar, avvaldan uy vazifasi yuklangan bo‘lsangiz, uni o‘zgartiring, yoki qo‘shimcha qo‘shing (hech bo‘lmasa bitta nuqta qo‘ying)


Diqqat! Shu 3 ta ishni o‘z vaqtida qiling, hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘lmasa men kafil.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
33.5K views16:04
Ochish/sharhlash
2024-03-31 17:59:02           



TARIX va HUQUQ fani ustozlari shoshmasdan oxirigacha o'qing

EHTIMOLIY TEST TAHLILI MARAFONIGA --- 1-APRELDAN START BERAMIZ

Marafonda attestatsiya sinov jarayonida o'qituvchilar qiynalgan mavzulardan testlar shakllantirdik

1-aprel
xarita-rasmli, jadvalli+20ta pedagogika
2-aprel 
Venn diagrammali, lojik va moslashtirish tartibidagi+20 ta pedagogika
3-aprel 
YANGI 7-O'ZBEK VA JAHON+20 ta pedagogika
4-aprel
YANGI 10-O'ZBEK VA JAHON+20 ta pedagogika
5-aprel Atama, shaxs davlat, "nomuvo- fiqlik" shaklida+20 ta pedagogika


Belgilangan kunlari soat 19:30da kanalga rejalashtirilgan mavzulardan testlar beriladi

Soat 21.00da jonli chatda tahlil qilinadi.

Bu marafonda siz test yechishning eng oson va eng tezkor usullaridan foydalangan holda yuqori ball olish bo'yicha MASTER CLASSGA ega bo‘lasiz

MASTER CLASSni oliy toifali ustoz
  Haydarova O'g'ilbeka Fayzullayevna va Safarova Nargiza Nayimovna olib boradilar

Bu MARAFONDA siz o'ylaganingizdan ko'p bilim va tajribaga ega bo'lishingiz 100% kafolatlanadi

MARAFONDA test tahlili jonli chatda bo'ladi va yozib olinmaydi

Ko'pchilikka manfaatli bo'lishi hamda xayrli savobga sherik bo'lish uchun bu postni 3 ta kanal yoki gruppaga yuboring va BEPUL DARS larimizdan bahramand bo'ling!

Kanalga obuna bo‘lish

https://t.me/tarixchimuallima2024
20.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-31 13:43:01 TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK?

Hozirgi kunda maktablarda fan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun hozir biz beradigan javob faqatgina tavsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘quvchilarni to‘garakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir to‘garak a'zosi o‘quv yili moboynida to‘garakdan chiqib ketishi, boshqa to‘garakka a'zo bo‘lishi va xohishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakda ishtirok etish huquqiga ega.

To‘garak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:

To‘garakning yillik taqvim rejasi (past o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar uchun)

To‘garak mashg‘ulotlar jurnali

O‘quvchilar ota-onasining arizasi

To‘garak ish rejasi ikki ko‘rinishda tuziladi. 1-past o‘zlashtruvchi o‘quvchilar uchun alohida. 2-iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi va unga pechat bosilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ish reja maktabning MMIBDO‘ va to‘garak rahbari tomonidan ham imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak.

To‘garak uchun ixtiyoriy ravishda quyidagi hujjatlar yuritilishi mumkin:

Mashg‘ulotlar ishlanmasi
To‘garak tadbirlaridan lavhalar
Ko‘rgazmali qurollar.

To‘garak jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnalga to‘garak rahbari o‘zi olib boradigan to‘garakning nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan to‘garak mashg‘uloti jadvalini, to‘garak rahbarining ismi va familiyasini, otasining ismi, to‘garak sardorining to‘liq ismi familiyasini yozib qo‘yishi kerak.

To‘garak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan bo‘lib, unda to‘garak a'zolari tarkibi ismi familiyasi to‘liq, mashg‘ulotlar mavzusi, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq ko‘rsatiladi.

Direktor o‘rinbosarlari fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan to‘garak hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
12.8K views10:43
Ochish/sharhlash