Get Mystery Box with random crypto!

TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK? Hozirgi k | MAKTAB️

TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK?

Hozirgi kunda maktablarda fan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun hozir biz beradigan javob faqatgina tavsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘quvchilarni to‘garakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir to‘garak a'zosi o‘quv yili moboynida to‘garakdan chiqib ketishi, boshqa to‘garakka a'zo bo‘lishi va xohishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakda ishtirok etish huquqiga ega.

To‘garak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:

To‘garakning yillik taqvim rejasi (past o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar uchun)

To‘garak mashg‘ulotlar jurnali

O‘quvchilar ota-onasining arizasi

To‘garak ish rejasi ikki ko‘rinishda tuziladi. 1-past o‘zlashtruvchi o‘quvchilar uchun alohida. 2-iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi va unga pechat bosilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ish reja maktabning MMIBDO‘ va to‘garak rahbari tomonidan ham imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak.

To‘garak uchun ixtiyoriy ravishda quyidagi hujjatlar yuritilishi mumkin:

Mashg‘ulotlar ishlanmasi
To‘garak tadbirlaridan lavhalar
Ko‘rgazmali qurollar.

To‘garak jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnalga to‘garak rahbari o‘zi olib boradigan to‘garakning nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan to‘garak mashg‘uloti jadvalini, to‘garak rahbarining ismi va familiyasini, otasining ismi, to‘garak sardorining to‘liq ismi familiyasini yozib qo‘yishi kerak.

To‘garak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan bo‘lib, unda to‘garak a'zolari tarkibi ismi familiyasi to‘liq, mashg‘ulotlar mavzusi, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq ko‘rsatiladi.

Direktor o‘rinbosarlari fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan to‘garak hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e