Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-04-10 19:04:57 Diqqat tanlov!

Kanalimiz tomonidan respublikamizdagi barcha maktablar uchun tanlov e’lon qildik. Ushbu tanlov orqali maktab xodimlari, o‘quvchilar va ota-onalar o‘z maktablari uchun ovoz berishlari mumkin.

Tanlovda eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 ta maktab quyidagi usulda rag‘batlantiriladi. G‘olib deb topilgan maktablarning ichki hayoti haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz tomonidan keng yoritib boriladi. Misol uchun, maktabda o‘tkazilgan tadbirlar, o‘quv seminarlari, ijodiy uchrashuvlar, ochiq darslar, sport musobaqalari va boshqalar.

Tanlovda qatnashish uchun ushbu botga o‘ting va maktabingizni tanlab ovoz bering.

Botga o‘tish

Tanlov 25-mayga qadar davom etadi. G‘olib bo‘lgan maktablar 26-may kuni MAKTAB kanalida e’lon qilinadi.

Barchaga ulashing!

https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
https://t.me/tanlov2_bot?start=6313854151
20.3K viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2024-04-10 02:53:03
Ramazon Hayiti kirib keldi

Shu fursatdan foydalanib hammani kirib kelgan Hayit ayyomi bilan tabrikleyman. Barchaga sihat salomatlik, ishlarga rivoj va xonadoningizda tinch-totuvlik bo'lishini tilab qolaman.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.9K views23:53
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:19:52
Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.0K views07:19
Ochish/sharhlash
2024-04-06 18:23:44 AMALDAGI NIZOMGA KO'RA KADRLAR BO‘YICHA MENEJERNING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

taʼlim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish;

mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi boʻyicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat taʼtili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlash;

xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish;

xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga oʻz vaqtida xodimlarning faoliyati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish;

xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron maʼlumotlar bazasiga sifatli kiritilishi va oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash;

boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;

xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish;

taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

maktab direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
15.4K views15:23
Ochish/sharhlash
2024-04-06 11:51:43


Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
34.2K views08:51
Ochish/sharhlash
2024-04-06 09:29:02 AMALDAGI NIZOMGA KOʻRA MMIB DIREKTOR OʻRINBOSARLARINING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILGAN.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-son buyrugʻiga asosan MMIBDO‘ tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

- yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta muhim tashabbuslar va taʼlim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar toʻplami (Bolalar masalalari boʻyicha idoralararo komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlarning profilaktik hisobida turuvchi oʻquvchilar yigʻma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi yoʻnalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar toʻplami (yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar bilan ishlash boshlangʻich tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ taʼlim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);

- oʻquvchilar davomati va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga doir hujjatlar toʻplami (direktor o‘rinbosari tomonidan umumlashtirilgan va Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga taqdim etilgan davomat boʻyicha maʼlumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruchi oʻquvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, toʻgaraklar faoliyati va taʼtil kunlariga doir hujjatlar).

Direktor oʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda taʼlim muassasasi direktoriga topshiradi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
15.7K views06:29
Ochish/sharhlash
2024-04-05 13:09:55 O‘IBDO‘ MMIBDO‘ VA PSIXOLOG LAVOZIMIDA ISHLASH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TALABLARI BO‘LISHI KERAK.

O‘IBDO‘ lavozimi uchun:

oliy ma’lumot, bakalavr (magistrarura, ilmiy daraja tanlovda ustunlik beradi)
pedagogik yo‘nalish
kamida 5 yillik pedagogik staj
micrasoft office dasturini, AKTni bilish
ta’limga oid qonunlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni bilish, davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik beradi)

MMIBDO‘ lavozimi uchun:

oliy ma’lumot, bakalavr (magistrarura, ilmiy daraja tanlovda ustunlik beradi)
pedagogik yo‘nalish
kamida 5 yillik pedagogik staj
micrasoft office dasturini, AKTni bilish
ta’limga oid qonunlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni bilish, davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik beradi)

PSIXOLOG lavozimi uchun:

kamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganlik (magistrarura, ilmiy daraja afzallik beradi)
pedagogika-psixologiya  yo‘nalishi
mehnat staji talab etilmaydi
micrasoft office dasturini, AKTni bilish
ta’limga oid qonunlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni bilish, davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik beradi)

Asos: MMT Vazirligining 2023-yil 16-avgust kungi 247- sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
19.9K views10:09
Ochish/sharhlash
2024-04-05 09:59:23 MAKTAB DIREKTORI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TALABLARI BO‘LISHI KERAK.

Umumta’lim maktablari uchun.

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;

xorijiy tillarni va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni 
bilishi (tanlov jarayonida ustuvorlik beradi).


Yuqoridagi talablarga to‘la mos keladigan xodimlar menejerlik sertifikati uchun A.Avloniy instituti tomonidan tashkillanadigan 1oylik o‘quv kurslarida o‘qishi va imtihondan o‘tgan taqdirda menejerlik sertifikatini olishlari mumkin. Bu haqda avvalgi postimizda ma’lumot bergan edik.

Menejerlik sertifikatini olgan xodimlar umumta’lim maktablari uchun direktorlikka nomzod bo‘la oladilar. Direktorlikka tayinlangan taqdirda 50% ustama to‘lanadi. Agar menejerlik sertifikatini olgan, lekin direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan rahbar xodim bo‘lsa unga 30% ustama to‘lanadi.

Asos: MMT vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 270-sonli buyrug‘i va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
19.9K views06:59
Ochish/sharhlash
2024-04-05 06:27:02 BU YILGI ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORAT BO‘YICHA 10 TA TEST TUSHADI.

Ushbu test savollari uchun 2 balldan jami 20 ball beriladi. Ushbu pedagogik mahoratidan namunaviy test savollarini TOIFA TEST botiga joyladik, marhamat testlarni ishlab ko‘ring.

Mutahasislik fanlardan ham 2 ta varyantda testlar joylangan va tez orada yangilanib turadi.

/start
13.2K views03:27
Ochish/sharhlash
2024-04-04 19:22:53 OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’ni 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan: 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
20.6K views16:22
Ochish/sharhlash